“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida “mahalla bankirlari” va “yordamchi-agent”lar uchun navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi.
Unda bugungi kunda kiberfiribgarlik holatlarining ortib borayotgani, shu jihatdan aholi va bank mijozlarining kiberxavfsizlik bo‘yicha xabardorligini oshirishni dolzarb ahamiyat kasb etayotganligi ta’kidlandi. Kiberhujumlar va kiberfiribgarlikning zamonaviy usullari, bank kartalaridan xavfsiz foydalanish, drop kartalarning mazmuni va ularning huquqiy oqibatlari amaliy misollar orqali tushuntirildi.
Bundan tashqari, noma’lum manbalardan yuborilgan APK ilovalari hamda virusli fayllarni ochmaslik, shubhali havolalarga kirmaslik, qolaversa, bank kartasi ma’lumotlarini begona shaxslarga bermaslik bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, “mahalla bankirlari” va “yordamchi-agent”larni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
17




