Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Mahalla bankirlari”: hududlarda tadbirkorlar soni oshib, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda

Yangilangan sana: ...
“Mahalla bankirlari”: hududlarda tadbirkorlar soni oshib, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda
28 Noy 2025

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki respublikamiz bo‘ylab 101 ta mahallada “mahalla bankiri” va “yordamchi-agent”lar lavozimini joriy etib, aholining ishbilarmonlik salohiyatini oshirishga ustuvor ahamiyat qaratib kelmoqda. Jumladan, mazkur yangi tizim tomonidan joriy yil boshidan 1-noyabrga qadar 3 724 ta mikroloyiha amalga oshirilib, 7 670 dan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratildi.02.jpg Bu kabi sa’y-harakatlar hududlarda jadal amalga oshirilmoqda. Buni poytaxtimizning “Azamat” va “Ahmad Yugnakiy” mahallalari misolida ham ko‘rish mumkin. Ushbu hududlarda faoliyat yuritayotgan “mahalla bankiri” hamda “yordamchi-agent”lar hudud drayverini aniqlab, aholining tadbirkorlik salohiyati hamda biznes imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Qolaversa, istiqbolli loyihalarni ro‘yobga chiqarish, biznes-reja tuzish, bankdan kredit olish, loyihalarni moliyalashtirish kabi masalalarga ko‘maklashib kelmoqda.
 7370 nafar aholi istiqomat qiluvchi “Azamat” mahallasi va 4 412 nafar aholi yashovchi “Ahmad Yugnakiy” mahallasi asosan xizmat ko‘rsatish sohalariga ixtisoslashgan. Shu yilning yanvar–noyabr oylari mobaynida ushbu hududlarda 100 dan ziyod mikroloyihalar amalga oshirilishi natijasida 250 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi.03.jpg Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani “Azamat” MFYda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan “Toshkent ta’lim akademiyasi” nodavlat ta’lim muassasasi ana shunday istiqbolli loyihalardandir. Ushbu ilm maskanida 10 nafar xodim ishlab kelayotgan edi. “Trastbank”dan kredit olinib, faoliyati kengaytirilgach yana 5 nafar fuqaro ish bilan ta’minlandi. Mazkur maskanda sifatli ta’lim berish tizimli yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda. Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan fuqarolar yo‘llanma asosida bu yerga kelib, marketing, IT va kompyuter savodxonligi, buxgalteriya, mobilografiya, ayollar sartaroshi, bolalar massaji, elektromontyorlik kabi yo‘nalishlarda tahsil olishmoqda. O‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganlarga maxsus sertifikat topshirilmoqda. Eng muhimi, ularning sifatli ta’lim olishi uchun ushbu o‘quv kursi xarajatlari davlat tomonidan qoplab berilmoqda. Tashkilot mutasaddilarining ta’kidlashicha, “Trastbank”dan yana kredit olib, faoliyat turlarini kengaytirish, zamonaviy o‘quv jihozlarini xarid qilish rejalashtirilgan. “Mahalla bankiri” bilan birgalikda bu borada muntazam ish olib borilmoqda.05.jpg Darhaqiqat, yo‘lga qo‘yilgan ushbu yangi tizim bugun o‘zining samarasini ko‘rsatmoqda. Mahallalarda tadbirkorlar safi kengayib, ishsizlar soni kamayib bormoqda. Zotan, bu sa’y-harakatlarning barchasi xalq uchun ekanligini amalda namoyon etmoqda.AY0007C415A251128_105044EJ_CANOD.00_01_31_24.Still002.jpg

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 16
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech