Bugun, 24-sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Ma’rifat va Bank: bilimli jamiyat bilan qudratli iqtisodiyot sari” Forumi o‘z ishini boshladi.
Uch kun davom etadigan Forum ishida nashriyotlarning savdo yarmarkalari, qolaversa, yangi chop etilgan kitoblar, noshirlik ishi, tarjimon va muharrirlar faoliyati, amalga oshirilgan loyihalar haqida taqdimotlar namoyish etiladi. Bundan tashqari, intellektual o‘yinlar va sahna ko‘rinishlari, yozuvchilar bilan ijodiy uchrashuvlar, turli viktorina va she’riy kechalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, nashriyotlar hamda banklar o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolanishi nazarda tutilgan.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
35