Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Kredit to‘lovlarini amalga oshirishga qiynalayotgan qarzdorlarningamaldagi kredit shartnomasi shartlariga o‘zgartirishkiritish tartibi haqida

Yangilangan sana: ...
Kredit to‘lovlarini amalga oshirishga qiynalayotgan qarzdorlarningamaldagi kredit shartnomasi shartlariga o‘zgartirishkiritish tartibi haqida
14 Yan 2026

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki boshqaruvining 2026-yil 12-yanvardagi qaroriga asosan “Moliyaviy qiyinchiliklarga va murakkab hayotiy vaziyatlarga tushib qolish hamda fors-major holatlar tufayli o‘z vaqtida kredit to‘lovlarini amalga oshirishga qiynalayotgan qarzdorlarning/mijozlarning amaldagi kreditlari bo‘yicha kredit shartnomasi shartlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi arizalarini ko‘rib chiqish tartibi” tasdiqlandi.
 Ushbu hujjatda umumiy qoidalar, kredit shartnomasi shartlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish (restrukturizatsiya) turlari, ularga asos bo‘ladigan moliyaviy qiyinchiliklar, murakkab hayotiy vaziyatlar hamda fors-major holatlari ro‘yxati bayon etilgan. Qolaversa, qarzdorning/mijozning arizasini qabul qilish va ro‘yxatga olish tartibi hamda arizaga ilova qilinadigan hujjatlar, arizalarni ko‘rib chiqish muddati va baholash mezonlari haqida so‘z yuritilgan.
 Bundan tashqari, homiladorlik taʼtilini olgan ayolning amaldagi krediti bo‘yicha to‘lovlar muddatini o‘n oygacha uzaytirish haqidagi arizasini ko‘rib chiqish qayd etilgan. 
 Shuningdek, ariza bo‘yicha bank tomonidan ijobiy yoki rad etish qarori qabul qilinganligi haqida qarzdorga/mijozga xabar berish tartibi va muddati, ariza qanoatlantirilgan taqdirda kredit shartnomasi hamda uning ilovalariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida batafsil ma’lumot keltirilgan.
 Mazkur hujjat 2026-yil 29-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
Havola: https://trastbank.uz/uz/documents/2466/180231/

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 28

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech