Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Islom bankchiligi va moliyasiga innovatsion yondashuv

Yangilangan sana: ...
Islom bankchiligi va moliyasiga innovatsion yondashuv
17 Mar 2023

 2023-yilning 14-16-mart kunlari mamlakatimiz poytaxtida “AlHuda” Islom bank ishi va iqtisodiyoti markazi tomonidan O‘zbekiston Banklari assotsiatsiyasi va O'zbekiston Lizing beruvchilari Assotsiatsiyasi ko‘magida tashkil etilgan Uchinchi MDH davlatlari Islom bankchiligi va moliyasi fоrumi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir MDH davlatlarida Islom bank ishi va moliyasining foydalanilmagan bozorini o‘rganish, sug‘urta (takaful) va islom obligatsiyalari (sukuk) bo‘yicha xabardorlikni oshirish va e’tirof etish maqsadida tashkil etildi.

Foto 2.jpg

 Unda dunyoning 10 dan ortiq davlatidan 100 ga yaqin mutaxassislar, shuningdek, joriy yilning yanvar oyida faoliyatini boshlagan “Trastbank” XAB “Trast Muamalat” MChJ xodimlari ham ishtirok etdi. “Trast Muamalat” MChJ amaldagi qonunchilik doirasida samarali “Murabaha (Nasiya savdo)” va “Ijara (Lizing)” operatsiyalarini amalga oshirish orqali moliyaviy xizmatlarni kengaytirish strategiyasini amalga oshirish, shuningdek, xalqaro islom moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirishga ixtisoslashgan. Forumda taʼkidlanganidek, bugungi kunda Islom bankchiligi moliya sektorining eng jadal rivojlanayotgan yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bois Islom bankchiligi xizmatlariga talab nafaqat MDH mamlakatlarida, balki butun dunyoda tez sur’atlar bilan oshib bormoqda. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Islomiy moliya sohasida katta salohiyatga ega. Forum davomida Islom bankchiligi faoliyati, islom moliyasidagi muammolar va imkoniyatlar, global rivojlanish va islom moliyasining istiqboldagi salohiyati va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Foto 3.jpg

 Shuningdek, tadbir doirasida “Islom bankchiligi va moliyasiga innovatsion yondashuv” mavzusida ikki kunlik malaka oshirish seminari tashkil etildi. Seminar ishtirokchilari – davlat organlari, tashkilotlari va tijorat banklari, shu jumladan “Trastbank” XAB Moliyaviy xizmatlar markazi vakillari Islom moliyasi mahsulotlarining turlari va mohiyati, ularning an’anaviy bank xizmatlaridan farqi va o‘hshashliklari, shu bilan birga yurtimizda islom moliyasini joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va boshqa masalalarni muhokama qilishdi.

111111.jpg

 – Mamlakatimizda Islom moliyasining moliyaviy vositalarini rivojlantirish yangi yo‘nalish bo‘lib, u yangi hamkorlar bilan iqtisodiy hamkorlik qilish uchun keng imkoniyatlar yaratadi, – deydi “Trast Muamalat” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori Muhammadfayoz Ibodov. —

Foto 4.jpg

 “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki sho‘ba lizing kompaniyasi “Trast Muamalat” MChJ shariat talablariga javob beradigan moliyaviy mahsulotlarni o‘rganish va joriy etish bilan shug‘ullanadi. Ta’kidlash joizki, “Trastbank”ning Islom taraqqiyot banki (ITB) guruhi bilan uzoq muddatli muvaffaqiyatli hamkorligi “Trast Muamalat” MChJga ITB korporatsiyalarining moliyalashtirish liniyalarini jalb qilish imkonini beradi. Bu, o‘z navbatida, jismoniy shaxslar, kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirish, ularning faoliyatini kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratilishiga turtki bo‘lmoqda.



Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 437
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech