Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Inson–jamiyat–davlat: ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot omillari” mavzusida seminar o‘tkazildi

Yangilangan sana: ...
“Inson–jamiyat–davlat: ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot omillari” mavzusida seminar o‘tkazildi
20 Iyun 2025

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida “Inson–jamiyat–davlat: ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot omillari” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar jamoatchilik Kengashi aʼzosi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi eksperti, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuxamedova ishtirok etib, nutq so‘zladi.IMG_910 Ta’kidlanganidek, insonning o‘ziga xos bo‘lgan asosiy fazilatlari bu uning odob-axloqi, ta’lim-tarbiyasi, Ona Vatanga bo‘lgan muhabbatidir. Insonlarning jamiyatda yashashdan maqsadi esa farovon turmush kechirishdan iborat. Jamiyatdagi munosabatlar xilma xilligiga qarab uning ma’naviy-madaniy sifatlari oshib, mustahkam bo‘lib boradi.

IMG_911 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar jamoatchilik Kengashi aʼzosi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi eksperti, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuxamedova hayotidan hikoya qiluvchi kinofilm namoyish etildi. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, “Mehnat shuhrati” ordeni kabi yuksak unvonlar bilan taqdirlangan olima 75 yoshni qarshi olishi arafasida tasvirga olingan ushbu film uning millatparvarligi, xalqsevarligi kabi yuksak insnoniy fazilatlardan so‘zlaydi.IMG_9103 Bundan tashqari, tadbirda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki mutasaddilari professor-olima J.Shermuxamedovaning 75 yoshi bilan samimiy tabriklab, unga sihat-salomatlik va jo‘shqiz shijoat also tark etmasligini tiladi. Shuningdek, moliya muassasasida xodimlar, ayniqsa, yoshlar uchun turli qiziqarli seminar-treninglar o‘tkazib, qimmatli maslahatlari bilan ularning qalbidan joy olganini qayd etdi.photo_2025-06-20_14-06-55.jpg

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 115
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech