Bugun, 10-oktabr kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faktoring xizmatlari bozorini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish va bu borada xodimlarning malakasini oshirish maqsadida “FinMakon faktoring platformasida ishlash tartibi” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi. Unda Bank Bosh ofisi mutasaddilari va hududlardagi Bank xizmatlari ofislarining mas’ullari ishtirok etdi. Ushbu seminar “Didox factoring” MChJ mutaxassisi Behruz Mahmudov tomonidan olib borilib, unda Faktoring elektron platformasida operatsiyalarni amalga oshirish tartibi hamda platforma orqali raqamli faktoring xizmatlarini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha taqdimot qilindi. Shuningdek, Faktoring platformasining imkoniyatlari, jumladan, xalqaro faktoringni amalga oshirish afzalliklari to‘g‘risida ham ma’lumot berildi. Qayd etish joizki, mazzkur platformaga tadbirkorlik subyektlari tomonidan faktoring xizmatlaridan foydalanish uchun pul talabnomalari to‘g‘risidagi ma’lumot va hujjatlarni kiritish, pul talabnomasiga asos bo‘lgan hujjatlarning haqiqiyligini tekshirish kabi qator imkoniyatlar mavjud.
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
123