“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki “Qarshi” BXO balansidagi quyidagi mol-mulkning bozor bahosini aniqlash maqsadida mustaqil baholovchi tashkilotlar o‘rtasida tanlov o‘tkazilishini e’lon qiladi:
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri “Shohbekat” MFY “Islom Karimov” ko‘chasi 18-A uyda joylashgan “Dorixona, kelinlar libosi va go‘zallik saloni” ko‘rinishidagi ko‘chmas mulk;
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri “Shohbekat” MFY “Islom Karimov” ko‘chasi 18-uyda joylashgan “Dorixona” ko‘rinishidagi ko‘chmas mulk;
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani “Jiyda” QFY “Sandiqchilar” ko‘chasi 77-uy manzilida joylashgan “Mevalarni quritish, qayta ishlash va meva sharbati ishlab chiqarish binolari” ko‘rinishidagi ko‘chmas mulk.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinishi lozim:
- Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalarining biriga a’zoligi to‘g‘risidagi sertifikat nusxasi;
- Tashkilot ustavi barcha o‘zgarish va qo‘shimchalari bilan;
- Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
- Baholovchi tashkilotning kasbga oid javobgarligi sug‘urta polisi nusxasi;
- Baholash tashkiloti rahbari va baholovchilariga berilgan baholovchi sertifikatlarining nusxalari;
- Baholash ishining bajarish muddati va xizmat narxi ko‘rsatilgan tijorat taklifi.
Tijorat takliflarini 2026-yil 19-mart soat 15:00 ga qadar quyidagi manzillarga yuborish mumkin:
100011, Тoshkent shahri “Navoiy” ko‘chasi 7-uy;
180106, Qarshi shahri “O‘zbekiston” ko‘chasi 1-Auy.
Ma’lumot uchun telefon: +998 75 227-25-25;
+998 71 207-62-67.




