Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Darxon” bank xizmatlari ofisida tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Yangilangan sana: ...
“Darxon” bank xizmatlari ofisida tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
26 Sen 2025

  Bugungi kunda iqtisodiyotimizning barqaror taraqqiyotini, qolaversa, tadbirkorlikni rivojlantirish va xalqimizning farovon turmushini zamonaviy bank xizmatlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki o‘zining 31 yillik faoliyati davomida mijozlarning ishonchli moliyaviy hamkori bo‘lib, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga ustuvor ahamiyat qaratmoqda. Shu jumladan, yirik sanoat korxonalari, kichik va o‘rta biznes subyektlari, shuningdek, jismoniy shaxslar uchun qulay va zamonaviy bank xizmatlarini taklif qilib kelmoqda.photo_2025-09-26_16-18-49.jpg

photo_2025-09-26_15-29-58.jpg “Trastbank”ning “Darxon” bank xizmatlari ofisida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot va mikroloyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda moliya muassasasi rahbariyati, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillari, yosh startapchilar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

photo_2025-09-26_15-29-48. Uchrashuvda tadbirkorlar uchun qator amaliy maslahatlar berildi. Kichik biznesga oid yangi moliyaviy xizmatlar hamda kredit mahsulotlari haqida taqdimot qilindi.photo_2025-09-26_15-29-54.jpg “BAYAN MEDICAL” dori-darmon ishlab chiqarish zavodi ham “Trastbank” XAB “Darxon” bank xizmatlari ofisining mijozi hisoblanadi. Korxonada mahalliy bozor uchun zarur bo‘lgan 50 turga yaqin dorivor preparatlar ishlab chiqariladi. “Trastbank”dan ajratilgan imtiyozli kredit va moliyaviy ko‘mak korxona imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Ajratilgan mablag‘lar hisobiga yangi texnologiyalar, avtomatlashtirilgan liniyalar xarid qilingan va bu zavodda ishlab chiqarish quvvatini oshirmoqda. Eng muhimi, aholini sifatli dori-darmonlar bilan taʼminlamoqda. Qolaversa, yangi ish o‘rinlarini yaratib, mamlakat iqtisodiyoti rivojiga hissa qo‘shmoqda.photo_2025-09-26_15-30-0

photo_2025-09-26_15-30-1

photo_2025-09-26_15-3 Shuningdek, uchrashuvda ishtirokchilar “Trastbank”ning ushbu tashabbusini ijobiy baholab, bunday tadbirlar tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirishga xizmat qilishini taʼkidlashdi.

photo_2025-09-26_15-30-04.jpg

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 7
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech