Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Banklararo o‘tkazilayotgan futbol musobaqasida “Trastbank” peshqadam bo‘lmoqda

Yangilangan sana: ...
Banklararo o‘tkazilayotgan futbol musobaqasida “Trastbank” peshqadam bo‘lmoqda
27 Okt 2025

 Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va “UzCard” tomonidan mamlakatimizdagi tijorat banklari o‘rtasida futbol bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazilmoqda. Unda “Trastbank”ning epchil to‘psurarlari ham ishtirok etmoqda.IMG_20251027_152632_072.jpg Shu kunlarda turnirning guruh bosqichi o‘yinlari shiddatli tarzda kechmoqda. 25-oktabr kuni “Trastbank” jamoasi “Octobank” futbolchilariga qarshi maydonga tushdi. Yigitlarimiz o‘zining taktikasi bilan kuchli o‘yinni namoyish etdi. Raqib jamoa darvozasiga ketma-ket 9 marotaba gol urib, mag‘lub etdi. Hisob 9:1.
 26-oktabr kuni esa “Trastbank” XAB O‘zbekiston Milliy banki bilan kurashdi. Puxta tayyorgarlik ko‘rish, raqib jamoa o‘yinlarini to‘liq o‘rganish, muntazam o‘z ustida ishlash kabi jihatlarga ustuvor ahamiyat qaratgan Bankimiz yigitlari yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etdi. Hayajonli daqiqalarga boy bo‘lgan o‘yinda raqib jamoa darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qilishdi. Hisob esa 2:1.IMG_20251027_153153_225.jpg Shu yilning 1-2-noyabr kunlari davom etadigan guruh bosqichi o‘yinlarida “Trastbank” yigitlari “Sanoat qurilish bank” va “Orient finans bank”ka qarshi maydonga tushadi.


Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 67
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech