“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki “Yakkasaroy”, “Samarqand” va “Jizzax” bank xizmatlari ofislari balansidagi quyidagi mol-mulklarning bozor bahosini aniqlash maqsadida mustaqil baholovchi tashkilotlar o‘rtasida tanlov o‘tkazilishini e’lon qiladi:
- Toshkent shahri Uchtepa tumani “Izza 3-tor” ko‘chasi 18-uyda joylashgan yakka tartibdagi uy-joy ko‘rinishidagi ko‘chmas mulk;
- Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani “Hamid Olimjon” MF “Osiyo” ko‘chasi 1-uy 16-xonadon;
- Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Ugam” MFY “Arxitsoy” ko‘chasi 458-uyda joylashgan yakka tartibdagi uy-joy ko‘rinishidagi ko‘chmas mulk;
- Samarqand viloyati Samarqand shahri “Bog‘isaroy” MFY “Nizomiy Ganjaviy” ko‘chasi 4 “B”-uy manzilida joylashgan “Savdo do‘koni” ko‘rinishidagi ko‘chmas mulk;
- Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani “Qangli” MFY “Qangli” ko‘chasi 92-uy manzilida joylashgan ikki qavatli “Savdo do‘koni” ko‘rinishidagi ko‘chmas mulk.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinishi lozim:
- Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalarining biriga a’zoligi to‘g‘risidagi sertifikat nusxasi;
- Tashkilot ustavi barcha o‘zgarish va qo‘shimchalari bilan;
- Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
- Baholovchi tashkilotning kasbga oid javobgarligi sug‘urta polisi nusxasi;
- Baholash tashkiloti rahbari va baholovchilariga berilgan baholovchi sertifikatlarining nusxalari;
- Baholash ishining bajarish muddati va xizmat narxi ko‘rsatilgan tijorat taklifi.
Tijorat takliflarini 2026-yil 20-fevral kuni soat 15.00 ga qadar quyidagi manzillarga yuborishingiz mumkin:
100011, Тoshkent shahri “Navoiy” ko‘chasi 7 uy;
100100, Toshkent shahri Yakkasaroy tumani “O‘rikzor 3-tor” ko‘chasi 1 “B”-uy;
140130, Samarqand viloyati Samarqand shahri “Mirzo Ulug‘bek” ko‘chasi 47 “A”-uy;
130100, Jizzax viloyati Jizzax shahri “Sharof Rashidov” ko‘chasi 114-uy.
Ma’lumot uchun telefonlar: (55) 512-01-61, (71) 207-62-67,
(55) 701-08-01, (71) 207-62-67,
(72) 226-20-10, (72) 226-67-76.




