Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi:
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Ayrim to‘lovlar naqdsiz shaklda amalga oshirilishi tartibi yuzasidan media muloqot tashkil etildi

Yangilangan sana: 27 Mart 2026, 18:21
Ayrim to‘lovlar naqdsiz shaklda amalga oshirilishi tartibi yuzasidan media muloqot tashkil etildi
27 Mar 2026

 Xabar berib borilayotganidek, 2026-yil 1-aprel kunidan e’tiboran ayrim to‘lovlarni naqdsiz shaklda amalga oshirish tartibi joriy etiladi. Xususan, davlat xizmatlari, kommunal xizmatlar, oziq-ovqat mahsulotlari, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari xizmatlari, yirik xaridlar (25 mln so‘mdan yuqori)da ushbu tartib qo‘llaniladi.photo_2026-03-27_17-59-14.jpg

 Bugun, 27-mart kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank, Soliq qo‘mitasi hamda Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan media muloqot o‘tkazildi. Unda tegishli vazirlik va idoralar mutasaddi rahbarlari, tijorat banklari mas’ullari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar ishtirok etdi.photo_2026-03-27_17-59-09.jpg Tadbir to‘g‘ridan to‘g‘ri jonli efirda namoyish etilib, jamoatchilik vakillarini qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan batafsil javob qaytarildi.

photo_2026-03-27_17-59-04.jpg

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 5

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech