“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlari birja savdolari ishtirokchilari bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari hamda brokerlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda “Trastbank” XAB Bosh ofisi mutasaddilari, “Andijon”, “Namangan”, “Farg‘ona” bank xizmatlari ofislari mas’ullari, O‘zbekiston Respublika Tovar-xom ashyo birjasi hududiy filiallari boshqaruvchilari va birja savdolarida ishtirok etuvchi tadbirkor hamda brokerlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda “Trastbank” XAB Bank bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti direktori O.Do‘stmuhamedov O‘zbekiston Respublika Tovar-xom ashyo birjasi savdolari ishtirokchilari hisoblangan tadbirkorlik subyektlari hamda brokerlari uchun maxsus ishlab chiqilgan bank mahsulotlari va xizmatlari to‘g‘risida taqdimot qildi. Jumladan, milliy va xorijiy valyutadagi “UzEx” tarif rejalari, tadbirkorlik va chakana kredit mahsulotlari hamda Birja hisobvaraqlariga pul o‘tkazmalarini amalga oshirish bo‘yicha yaratilgan qulayliklar yuzasidan so‘z yuritdi.
Bundan tashqari, uchrashuvda bank xizmatlari ofislari mutasaddilari bugungi kunda “Trastbank”da chakana biznes va korporativ mijzolar uchun yo‘lga qo‘yilgan kredit mahsulotlari hamda bank xizmatlari bo‘yicha batafsil maʼlumot berdi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilarining bank mahsulotlari va xizmatlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflari eshitildi hamda ularning savollariga batafsil javoblar berildi.
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
90