1-iyul O‘zbekistonda Milliy valyuta kuni sifatida nishonlanadi. Oʻzbekiston milliy valyutasi soʻmdir. Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan so‘m yagona to‘lov vositasi sifatida mamlakatimiz hududida muomalaga kiritilgan.
1994-yilda 1, 3, 5, 10, 25, 50 va 100 soʻmlik ilk qogʻoz banknotalar hamda tanga pullar muomalaga kiritilgan.
Milliy valyuta mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi. Bugun mahalliy ishlab chiqarish hajmining oshishi, iste’mol tovarlari va naqd pul o‘rtasidagi mutanosiblikning ta’minlanishi barobarida so‘mning xarid qobiliyati ham ortib bormoqda.
Zero, milliy valyuta – xalqimiz faxri bo‘lib, O‘zbekiston salohiyatini yanada yuksaltirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.




