Joriy yilning 1-aprel kunidan boshlab ayrim to‘lovlar bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali qabul qilinadi. Bu hisob-kitoblar shaffofligi, fuqarolar uchun qulaylik va moliyaviy operatsiyalar xavfsizligini oshirishga qaratilgan.
Naqdsiz to‘lov tartibi
- davlat xizmatlari;
- kommunal xizmatlar;
- oziq-ovqat mahsulotlari;
- avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari xizmatlari;
- yirik xaridlar (25 mln so‘mdan yuqori)da qo‘llaniladi.
Bank xizmatlari ofislarimizga tashrif buyuring hamda “Humo”, “UzCard”, “MasterCard Gold”, “MasterCard Standart”, “UzCard kids” kartalarini bepul rasmiylashtirib oling.
To‘lovlarni bankimizning “Trastpay” mobil ilovasi orqali amalga oshiring. “Trastbank” kartalariga ega mijozlar “Trastpay” orqali bir oy davomida 10 mln so‘mgacha pul o‘tkazmalarini hech qanday komissiyasiz amalga oshirishlari mumkin.



