Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadlariga xizmat qiladigan ‘Umumjahon pul haftaligi – 2026” (“Global money week – 2026”) tadbirlari Samarqandda davom etdi.
Jumladan, o‘quvchi-yoshlar “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki “Samarqand” bank xizmatlari ofisi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Ularga moliya-iqtisod yo‘nalishi, pul mablag‘larini jamg‘arib borish, raqamli iqtisodiyot va “onlayn banking” tartibi, kiberhujumlardan himoyalanish qoidalari to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyiga ekskursiya tashkil qilindi. Yoshlarga muzey fondidan joy olgan eksponatlar, xususan, numizmatika bo‘limidagi tarixiy tangalar haqida ma’lumot berildi.
Navbatdagi manzil – Samarqand shahridagi 81-sonli umumta’lim maktabi. Mazkur bilim dargohi o‘quvchilari uchun ochiq dars o‘tkazildi. O‘g‘il-qizlar ushbu yo‘nalishda olgan bilimlarini sahna ko‘rinishlari orqali namoyish etishdi.

Mazkur jarayonlarda faol ishtirok etgan yoshlar “Trastbank”ning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.




