Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” taklifi biznesingiz aylanma mablagʻ i koʻ payishi uchun ayni muddao...

Yangilangan sana: 21 Aprel 2022, 17:32
“Trastbank” taklifi biznesingiz aylanma mablagʻ i koʻ payishi uchun ayni muddao...
21 Apr 2022

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki yuridik shaxslar uchun 12 va 24 oylik muddatgacha boʻlgan “XALQARO ISLOM SAVDO-MOLIYA KORPORATSIYA”NING MABLAGʻLARI HISOBIDAN MOLIYALASHTIRISH xizmatini taklif etadi.

Darhaqiqat, oʻtgan sonda islom moliyasi xizmatining afzalliklari, tartibi va moliya tizimidan farqli jihatlari  haqida maʼlumot  bergan edik.

Xoʻsh, “Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyaning mablagʻlarini moliyalashtirish xizmati”ning “Islomiy moliyalashtirish xizmati” dan farqli jihatlari nimada? Uning qanday qulayliklari mavjud? Bu kabi savollarga javob olish maqsadida “Trastbank” XABning Loyihalarni xorijiy kredit liniyalari hisobidan moliyalashtirish boshqarmasi boshligʻi Sherzod KARIMOVga murojaat qildik.

–  Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyaning mablagʻlarini moliyalashtirish xizmati haqida sodda qilib aytadigan boʻlsak, islom dini shariati normalari asosida moliyalashtirish hisoblanadi. 2021-yilda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va Islom korporatsiyasi oʻrtasida 15 000 000 AQSH dollari miqdorida kelishuv shartnomasi imzolangan. Ushbu kelishuvga asosan, Trastbank XAB mijozlari boʻlgan xususiy yuridik shaxslarning aylanma mablagʻlarni toʻldirish va asbob-uskunalar sotib olish  boʻyicha loyihalari moliyalashtiriladi.

 

–  Loyihani moliyalashtirish miqdori qancha?

–  Loyihani moliyalashtirish miqdori minimal  100 000 AQSH dollardan maksimal 2 000 000 AQSH dollarini tashkil etadi.

 

–  Qancha muddatda taqdim etiladi?

–  Moliyalashtirish 2 xil muddatda, yaʼni aylanma mablagʻlarni toʻldirish maqsadida tovar, hom-ashyo sotib olish uchun 12 oygacha, asbob-uskuna va texnika-texnologiyalar sotib olish uchun 24 oygacha taqdim etiladi.

 

–  Ustama haqi qancha?

–  Bank marjasi bilan yillik 10 foizdan ustama haqi belgilanadi.

 

–  Imtiyozli muddat ham taqdim etiladimi?

–  Ha, 3 oy muddatgacha imtiyozli davr taqdim qilinadi.

 

–  Moliyalashtirishni soʻndirish qanday koʻrinishda?

–  Islom korporatsiyasi tomonidan amalga oshirilgan toʻlovlar 100 000 AQSH dollaridan kam boʻlganda bir martalik toʻlov orqali, aks holda choraklik toʻlovlar orqali amalga oshiriladi.

 

–  Islom korporatsiyasi mablagʻlaridan moliyalashtirish qanday shartlarda taqdim qilinadi?

 

–  Islom korporatsiyasi mablagʻlari Bank kafolati ostida ajratiladi. Shu sababli, kafolat taqdim etish boʻyicha Bank talablariga toʻgʻri keladigan garov taʼminoti hamda zaruriy xujjatlar talab qilinadi. Bundan tashqari, korxona oʻz faoliyatini shariat normalari asosida olib borishi kerak. Islom korporatsiyasi moliyalashtirish xizmatidan foydalanish istagida boʻlgan mijozlar batafsil maʼlumotlarni Bank rasmiy sayti yoki Bankning xududiy filiallari orqali olishlari mumkin.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 696
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech