Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

"Chevrolet Cobalt" avtomobili kerakmi? "Trastbank" aksiyalar o'tkazmoqda!

Yangilangan sana: 11 Mart 2022, 17:54
"Chevrolet Cobalt" avtomobili kerakmi? "Trastbank" aksiyalar o'tkazmoqda!
11 Mar 2022

Bugun aholiga qulay va tezkor bank xizmatlari va mahsulotlarini koʻrsatib kelayotgan “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki yurtdoshlarimiz uchun bir qator sovrinli aksiyalarni taqdim etmoqda. Ular haqida batafsil maʼlumot olish Bank masʼullariga murojaat qildik.

“Trastbank”da aksiya : Bosh sovrin – “Chevrolet Cobalt” avtomobili!

– “Trastbank” XAB MasterCard bilan hamkorlikda “Trastbank” bilan birga boʻling va sovgʻaga ega boʻling” aksiyasini oʻtkazmoqda, – deydi “Trastbank” XAB Plastik kartalar bilan ishlash departamenti Xalqaro toʻlov tizimlari boʻlimi boshligʻi Aziz Poʻlatov.
– Aksiyada ishtirok etish shartlari qanday?
– Juda oddiy. Buning uchun “Trastbank”dan MasterCard xalqaro plastik kartasini ochish hamda faqat savdo va xizmat koʻrsatish terminallari, shuningdek, internet saytlari orqali kamida 10 AQSH dollari miqdorda toʻlovni amalga oshirish kifoya.
– Aksiya qancha vaqt davom etadi?
– Mazkur Aksiyamizga 2021-yilning noyabrida start berilgan. Hozirga qadar 60 nafar hamyurtimiz qimmatbaho esdalik sovgʻalarini qoʻlga kiritdi. Joriy yilning 18-mart kuni ushbu Aksiyaning soʻnggi, beshinchi bosqichi oʻtkaziladi. Unda sovrin egalari tranzaksiyalar orasidan tasodifiy tarzda aniqlanadi.
– Aksiyada qanday yutuqlarni qoʻlga kiritish mumkin?
– Aksiya ishtirokchilari qimmatbaho sovgʻalarni, shu jumladan, “Samsung” kir yuvish mashinasi va televizori, “Samsung Galaxy” uyali aloqa telefoni, “Power bank 10000” telefon quvvatlagichi, “Xiaomi Redmi AirDots” telefon uchun simsiz eshitish vositasi, “Mi Smart Band 6” brasletini qoʻlga kiritishlari mumkin.
Bosh sovrin esa – “Chevrolet Cobalt” avtomobili!

“TRASTBANK” BANKOMATLARIDAN FOYDALANING VA SOVGʻAGA EGA BOʻLING!

   Aksiya davom etadi! “Trastbank” bankomatlari orqali plastik kartangizdan 500 000 soʻm miqdorida naqd pul yechib olishingiz sovgʻalarga ega boʻlishingizga sabab boʻladi.

– Maʼlumki, “Trastbank” bankomatlaridan foydalaning va sovgʻaga ega boʻling” aksiyasi ham oʻtkazilayotgan edi, – dedi “Trastbank” XAB Plastik kartalar bilan ishlash departamenti direktori N.Nishonov. – Dastlab ushbu Aksiyani uch bosqichda amalga oshirish rejalashtirilgandi. Kuni kecha 3-bosqich gʻoliblari aniqlanib, qimmatbaho sovgʻalar topshirildi. Biroq yurtdoshlarimiz, mijozlarimizdan ushbu Aksiyani davom ettirish borasida koʻplab takliflar kelib tushdi.
Shu jihatdan “Trastbank” bankomatlaridan foydalaning va sovgʻaga ega boʻling” aksiyasini oʻtkazish muddati 2022-yilning oxiriga qadar uzaytirildi.
– Ushbu Aksiyada kimlar ishtirok etishi mumkin?
– Aksiyada Oʻzbekiston Repsublikasi tijorat banklari tomonidan emissiya qilingan bank plastik kartalari (Uzcard, Humo) egalari ishtirok etishi mumkin.
– Shartlari qanday?
– Ushbu Aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun “Trastbank” bankomatlarining biridan kamida 500 000 soʻm va undan koʻp miqdorda naqd pul yechib olish kerak.
– Gʻoliblar qanday aniqlanadi?
Sovrin egalari tranzaksiyalar orasidan tasodifiy (random) tarzda aniqlanadi.
– Aksiyada qanday sovrinlar qoʻyilgan?
– Aksiyaning har bir bosqichida 1 donadan “Samsung” 32 diogonalli televizori, “Samsung TAB A7” plansheti va “Samsung A22” mobil telefonini qoʻlga kiritish mumkin.

Mazkur aksiyalar haqida batafsil maʼlumotni trastbank.uz sayti va 78 140-00-88 sall-markazi olish mumkin.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 703
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech