Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Avtokredit: qaysi bankda eng kichik foiz, qay birida hujjatbozlik kam?

Yangilangan sana: 21 Aprel 2022, 17:53
Avtokredit: qaysi bankda eng kichik foiz, qay birida hujjatbozlik kam?
21 Apr 2022

Kichik surishtiruvdan bunga javob topamiz...

  Dunyoda kuzatilayotgan bugungi nobarqaror iqtisodiy vaziyatlar sabab mamlakatimizda makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni taʼminlash maqsadida Markaziy bank joriy yil 17-mart sanasida asosiy stavkani yillik 17 foizga oshirilgani haqida qaror qabul qildi.

Ushbu qarordan soʻng juda koʻpchilik fuqarolarimiz endi kreditlar foizi koʻtariladimi, degan savolni oʻrtaga tashlashdi. Markaziy bank raisi esa agar shartnoma shartlari asosiy foiz stavkaga bogʻlanmagan boʻlsa, bu oʻzgarishlar kreditlar foiziga taʼsir qilmaydi, oʻz holicha saqlanib qoladi, degan tushuntirishni ham berdi. Oʻtgan haftada esa Davlat rahbari ham ushbu masalada aniq qaror qabul qildi: yaʼni 2022-yilgacha ipoteka va taʼlim kreditlari narxi oʻzgarmasligi haqida 8-aprel kuni “Markazlashgan manbalar hisobidan ipoteka va taʼlim kreditlari uchun ajratiladigan mablagʻlar boʻyicha foiz stavkalarini belgilash toʻgʻrisida”gi 199-sonli Prezident qarori imzolandi. Bu juda quvonarli yangilik boʻldi. Ammo kreditlar orasida yana bir eng yuqori talab boʻladigan avtokredit borki, undan foydalanayotganlar va foydalanish niyatida boʻlganlar hali ham xavotirda. Negaki aynan Markaziy bankning asosiy stavkani 17 foizga oshirish haqidagi qaroridan soʻng koʻpchilik tijorat banklari kredit takliflari boʻyicha xizmatlarini biroz cheklashdi va buni koʻpgina banklar oʻz iqtisodiy imkoniyatlarida nomutanosiblik yuzaga kelishi bilan izohlashgandi. Xoʻsh, Prezident qarori imzolangach, banklarda avtokredit takliflari oʻz kuchida qolganmi yoki tartiblar, shartlar va foizlarda oʻzgarish bormi? Ana shu masalada kichik surishtiruv oʻtkazdik... Ehtimol undagi maʼlumotlar sizga bir qarorga kelishingizga yordam berar...

“Trastbank”: Imtiyozlar talaygina


“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki jismoniy shaxslar uchun birlamchi bozordan kredit hisobiga avtotransport vositalarini xarid qilish imkoniyatini yaratgan.
Ushbu bankda ayni paytda 48 oygacha boʻlgan muddatga avtokredit beriladi.
Agar mijozning oʻz mablagʻi bilan ishtirok etadigan ulushi miqdori 30 foiz boʻlsa, avtokreditning yillik foiz stavkasi 24 foizni tashkil qiladi.
Qolaversa, mijozning oʻz mablagʻi bilan ishtirok etadigan ulushi miqdori 50 boʻlsa, avtokreditning yillik foiz stavkasi 22 foizni tashkil etadi. Demak, boshlangʻich toʻlov summasi koʻproq boʻlsa, yillik foiz stavka ham kamayadi.
Shuningdek, Maktabgacha taʼlim, Xalq taʼlimi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Sogʻliqni saqlash vazirliklari tizimida 1 yildan ortiq mehnat stajiga ega boʻlgan xodimlari uchun imtiyozli ravishda avtokredit taqdim etiladi. Xususan, oʻqituvchi va shifokorlarga 22 foizdan taqdim etiladi.
Avtokredit olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish kifoya:
* pasport;
* avtomobil sotib olish boʻyicha oldi-sotdi shartnomasi;

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 901
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech