"Trastbank" XAB o‘z mijozlariga sotib olingan mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovi qulay bo‘lgan kartalarni taklif etadi.
"Ish haqi loyihasi"
“Ish haqi loyihasi” bo‘yicha kartalar – tashkilotga foydali va uning xodimlariga qulay bo‘lgan zamonaviy, yuqori texnologiyali bank xizmatidir.
Alohida afzalliklari:
- Tezkorlik. Bankning samarali va tartibli ishlashi hisobiga ish haqi, ta’til to‘lovlari va hokazolarning to‘lov muddatlari mumkin qadar tezlashadi.
- Samaradorlik va Ishonchlilik. Xarajatlar kamayishi bilan birga naqd pulni olish, yetkazib berish, saqlash va berish bilan bog‘liq tavakkalchiliklarga barham beriladi.