Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Mikromoliyalash xizmatlari – kredit shartnomaga muvofiq, yig‘indisi qonun hujjatlarida belgilangan miqdoridan oshmagan mikrokredit yoki mikrolizing taqdim qilish bo‘yicha bank xizmati.

Mikrokredit - O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan eng kam ish xaqining 1000 (bir ming) baravari miqdoridan oshmaydigan summada filial tomonidan qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish shartlari asosada beriladigan pul mablag‘laridir.

Mikrolizing - mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi filial tomonidan lizing oluvchining topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan mol-mulk olish hamda uni egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga shartnomada belgilangan shartlar asosida haq evaziga berish nazarda tutiladigan xizmatdir. Mikrolizing tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun lizing to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq eng kam ish haqining 2 000 (ikki ming) baravari miqdoridan oshmaydigan summada beriladi.

Mikrokreditlar filial tomonidan quyidagilarga beriladi:

- tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yakka tartibdagi tadbirkorlarga, mikrofirmalarga, kichik korxonalarga, dexqon va fermer xo‘jaliklariga;

- oilaviy tadbirkorlik shaklida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan holda birgalikda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar – er va xotinga umumiy mulki negizida (shu jumladan «yosh oilalarga» kreditlar) o‘z ishini va kasanachilikni tashkil qilish uchun;

- kasaba kollejlarni bitirgan shaxslarga – o‘z biznesini yaratish uchun olingan zamonaviy bilim va ko‘nikmalardan amalda foydalanish maqsadida.

Mikrolizing xizmatlari filial tomonidan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan moliyaviy jihatdan barqaror kichik biznes sub’ektlariga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ko‘rsatiladi.

Mikrokredit (mikrolizing) milliy valyutada, shartnoma asosida, filialda talab qilib olguncha depozit hisobvarg‘iga ega bo‘lgan qarz oluvchilarga to‘lovlilik, muddatlilik, qaytarishlilik, ta’minlanganlik va maqsadli ishlatilishi shartlari bilan taqdim qilinadi. Kreditlash shartlarini har qanday o‘zgartirish kredit shartnomasiga qo‘shimcha bitim tuzish orqali rasmiylashtiriladi.

Mikrokredit (mikrolizing) taqdim qilish muddati kreditlanayotgan loyihaning o‘zini oqlash muddati bilan belgilanadi, lekin 3 (uch) yildan oshmasligi kerak.

Mikrokreditlar qarz oluvchilarga quyidagi maqsadlarga taqdim qilinadi:

- o‘z ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirish uchun (mini-uskunalar sotib olish, xom-ashyoga dastlabki ishlov berish va h.k.)

- dexqonchilik va chorvachilikni rivojlantirish uchun (mini-uskunalar, urug‘lik, qora mol, parranda, yem-xashak va omihta yem va h.k. sotib olish uchun);

- kichik hajmdagi ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun;

- xunarmandchilikni rivojlantirish va kasanachilikni tashkil qilishga;

- aholiga servis va maishiy xizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirishga;

- turizm industriyasini rivojlantirish uchun;

- tovar aylanmasini (ulgurji va chakana savdo) oshirish va aylanma mablag‘larni to‘ldirishga;

- oilaviy tadbirkorlikni tashkil qilish uchun;

- dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirish uchun;

- O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida man qilinmagan boshqa tadbirkorlik turlari.

Mikrokreditlar yosh oilalarga quyidagi maqsadlarga beriladi:

- yuridik maqomiga ega bo‘lmasdan oilaviy tadbirkorlikni tashkil qilishga;

- mikrofirma, kichik korxona, fermer xo‘jaligi, shuningdek yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan dexqon ho‘jaligini dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyasini shakllantirish uchun;

- yakka tartibdagi tadbirkorlik, mikrofirma, kichik korxona, dexqon va fermerlik ho‘jaliklarni kengaytirish va rivojlantirish uchun.

Tadbirkorlik faoliyati uchun qarz oluvchi tomonidan ishlatiladigan iste’moldan tashqari har qanday buyum mikrolizing ob’ekti bo‘lishi mumkin, shu jumladan korxonalar, mulk majmualari, binolar, inshoatlar, mini-uskunalar, transport vositalari, boshqa ko‘char va ko‘chmas mulklar (er maydonlari va boshqa tabiiy ob’ektlardan, shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki muomalasi cheklangan mulklardan tashqari).

Mikrokreditlar qo‘yidagilarga berilmaydi:

- oldin olingan kredit yoki boshqa har qanday qarzlarni so‘ndirish uchun;

- tamaki mahsuloti va alkogol ichimliklar ishlab chiqarish uchun;

- lotereya va qimor o‘yinlar tashkil qilishga;

- ishlab chiqarish maqsadlarda ishlatilmaydigan shaxsiy mulk sotib olish uchun;

- ma’muriy chiqimlarni to‘lashga, shu jumladan xizmat avtoulovlarga, uyali telefon va boshqa aloqa xizmatlariga.

Mikrokreditdan (mikrolizingdan) foydalanish uchun olinadigan foiz miqdori filial va qarz oluvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlarida so‘ralgan mikromoliyalashtirish xizmati maqsadi, uning o‘zini qoplash muddati, qarz oluvchini to‘lovga layoqatligi va u taqdim qilgan ta’minot, shuningdek kredit xatari darajasidan kelib chiqib belgilanadi.

Yosh oilalarga beriladigan mikrokreditlar bo‘yicha imtiyozli foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmagan miqdorida belgilanadi.

Imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armasi hisobidan mikrokreditlar berishda (shu jumladan yosh oilalarga, kasaba kollejlarni bitiruvchilarga) mikrokreditdan foydalanish uchun olinadigan foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi.

Mikrokredit olish uchun qarz oluvchi filialga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:

- mikrokredit olish uchun ariza, bunda maqsadi, muddati, summasi va taqdim qilinadigan ta’minot ko‘rsatiladi;

- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘ldirilgan buxgalterlik va moliyaviy hisobotlar, bunda debitor va kreditor qarzdorliklar yoyilmasi, shuningdek muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorliklar bo‘yicha solishtirish dalolatnomalar (yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun) ilova qilinadi;

- o‘tgan yilda olingan daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya va talab qilib olguncha depozit hisobvarag‘ining aylanmasi to‘g‘risida ma’lumotnoma (yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik sub’ektlari uchun);

- butun kreditlash davri davomida har oyda kutilayotgan istiqbol pul oqimlari, buyurtmalar portfeli tarkibiy tuzilmasi va kreditdan foydalangan holda ishlab chiqilgan tovarlar (ko‘rsatilayotgan xizmatlar) sotish bozorlari majburiy ko‘rsatilgan biznes-reja;

- mikrokredit qaytarilishida ta’minot bilan bog‘liq hujjatlar.

Ayrim hollarda, filial loyiha tahlili jarayonida zarur bo‘lganda qarz oluvchidan uning moliyaviy holati, taqdim qilinayotgan ta’minot, hamda ko‘rib chiqilayotgan masalada boshqa qo‘shimcha hujjat yoki ma’lumotlar talab qilishi mumkin.

Batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi telefonlarga murojaat qilishingiz mumkin:

Filiallar nomlari

Telefon raqamlar

1

Amaliyot boshqarmasi

(+99871) 244-76-49

2

«Toshkent» filiali

(+99871) 230-40-92

3

«Darxon» filiali

(+99871) 237-06-45

4

Yakkasaroy filiali

(+99871) 255-18-70

5

Andijon filiali

(+99874) 226-69-71

6

Namangan filiali

(+99869) 223-19-65

7

Samarqand filiali

(+99866) 237-74-02

8

Termiz filiali

(+99876) 224-22-51

9

Qarshi filiali

(+99875) 227-25-25

10

Farg‘ona filiali

(+99873) 244-40-28

11

Jizzax filiali

(+99872) 226-20-16

Kreditlash va investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish departamentining telefonlari: (+99871) 244-14-53; (+99871) 241-76-21

So’rov

Nima sababdan «Trastbank» XAB mijozligini tanladingiz?

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
9411.30
10421.13
11764.13
146.51
9504.44
87.09
Sotib olish
9360.00
10000.00
11300.00
100.00
9000.00
70.00
Sotish
9440.00
10600.00
12000.00
170.00
9600.00
100.00
 
15.67
60.57
225.36
3.55
-13.01
-0.80
17.09.2019 dan ma’lumotlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech