“Trastbank” “MasterCard”ning O‘zbekistondagi muvaffaqiyatli marketing kompaniyasi sifatida e’tirof etildi

Bugun, 24-yanvar kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruv raisi o‘rinbosari Ziyovuddin Kurganov “MasterCard Europe SA”ning Markaziy Osiyoda mijozlar bilan ishlash bo‘yicha direktori Vadil Galiulin hamda “MasterCard Europe SA”ning O‘zbekiston Respublikasidagi mijozlar bilan ishlash bo‘yicha menejer Elzara Gabitova bilan uchrashdi.
Uchrashuvda “Trastbank” XAB va “MasterCard” o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, moliya muassasasida ushbu xalqaro to‘lov kartasini yanada rivojlantirish, mijozlar uchun yangi turdagi kartalarni yaratish hamda istiqboldagi rejalar ko‘rib chiqildi.
O‘z o‘rnida, “MasterCard” tomonidan “Trastbank”da bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yuqori baholandi va 2023-yilda O‘zbekistondagi muvaffaqiyatli marketing kompaniyasi sifatida e’tirof etilib, maxsus statuetka topshirildi.