Onlayn-Qulay sarmoya
Yangilangan sana: 22 Iyun 2026, 16:33
|
|
|
| Tijorat bankining nomi, rasmiy veb-sayti, telefon raqamlari | XAB "Trastbank", www.trustbank.uz +99878-140-00-88 |
| 1-bo‘lim. Omonatning asosiy shartlari | |
| 1. Omonat nomi | Onlayn-Qulay sarmoya |
| 2. Omonatning valyutasi | AQSh dollari |
| 3. Omonat bo‘yicha yillik foiz stavkasi | 7,5% |
| 4. Omonat bo‘yicha hisoblangan foizlarni kapitalizasiyasi mavjudligi | Yo'q |
| 5. Omonatning muddati | 18 oy |
| 6. Omonatga qo‘yiladigan mablag‘ning eng kam miqdori | 500 AQSh dollari |
| 7. Omonat bo‘yicha foizlarni to‘lash davriyligi | Har oyda/Omonat bo‘yicha hisoblangan foiz oyma-oy omonatchining talab qilib olinguncha (mobil) omonat hisobvarag‘iga avtomat tarzda o‘tkazib beriladi. |
| 8. Omonatni rasmiylashtirish usuli (onlayn yoki bankka tashrif buyurish orqali) | Omonat «Trust PAY» mobil ilovasi vositasida kiritiladi. |
| 9. Qo‘shimcha mablag‘ kiritish imkoniyati | Ha/12 oy davomida qo‘shimcha badal kiritishi mumkin. |
| 10. Avtouzaytirish (omonat muddati tugaganda omonat muddatini bank tomonidan bir tomonlama uzaytirish) | Yo'q |
| 11. Boshqa shartlar | Mobil omonatining muddati tugagandan so‘ng mobil omonatidagi mablag‘, uni Omonatchining talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat hisobvarag‘iga (mobil) avtomat tarzda o‘tkazish orqali, Omonatchiga qaytariladi. |
| 2-bo‘lim. Boshqa muhim shartlar | |
| 1. Omonatga qo‘yilgan pul mablag‘larini omonat muddati tugagunga qadar qisman yechib olish imkoniyatining mavjudligi | Omonat muddati davomida omonatning bir qismini olish ko‘zda tutilgan. Bunda omonatdagi mablag‘ koldig‘i 500 (besh yuz) AQSh dollaridan kam bo‘lmasligi lozim. |
| 2. Omonat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish tartibi |
To'langan foizlar mablag'lar haqiqatda omonatga tushgan kuni quyidagicha hisoblab chiqiladi: a) omonat 6 oygacha bo‘lgan muddat davomida turgan bo‘lsa, omonatga yillik 4,5 foizlik stavkada foiz hisoblanadi va to‘lanadi; b) omonat 6 oydan 12 oygacha bo‘lgan muddat davomida turgan bo‘lsa, omonatga yillik 5,5 foizlik stavkada foiz hisoblanadi va to‘lanadi; d) omonat 12 oydan 18 oygacha bo‘lgan muddat davomida turgan bo‘lsa, omonatga yillik 6,5 foizlik stavkada foiz hisoblanadi va to‘lanadi; Bunda omonat summasidan to‘langan va hisoblangan foizlar o‘rtasidagi farq yechib olinadi. |
Jismoniy shaxslar uchun AQSh dollaridagi “Onlayn-Qulay sarmoya” muddatli bank omonati bo‘yicha shartnoma namunasi (yuklab olish)
Muddatli omonatning asosiy shartlari to‘g‘risidagi axborot varaqasi