Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Ishonchli sarmoya

Yangilangan sana: ...

Muddatli omonatning asosiy shartlari to‘g‘risidagi axborot

VARAQASI

Tijorat bankining nomi, rasmiy veb-sayti, telefon raqamlari

“Trastbank” XAB,  www.trustbank.uz +99878-140-00-88, 1287

1-bo‘lim. Omonatning asosiy shartlari

 1. Omonat nomi

 Ishonchli sarmoya

 2. Omonatning valyutasi

 AQSh dollari

 3. Omonat bo‘yicha yillik foiz stavkasi

 7%

 4. Omonat bo‘yicha hisoblangan foizlarning  kapitalizasiyasi mavjudligi

 Yo'q

 5. Omonatning muddati

 24 oy

 6. Omonatga qo‘yiladigan mablag‘ning eng kam miqdori

 1000 AQSh dollari

 7. Omonat bo‘yicha foizlarni to‘lash davriyligi

 Har oyda

 8. Omonatni rasmiylashtirish usuli (onlayn yoki bankka tashrif buyurish orqali)

 Bank ofislari orqali

 9. Qo‘shimcha mablag‘ kiritish imkoniyati

 Ha/12 oy davomida qo‘shimcha badal kiritishi mumkin.

 10. Avtouzaytirish (omonat muddati tugaganda omonat muddatini bank tomonidan bir tomonlama uzaytirish)

 Yo‘q

 11. Boshqa shartlar

 Omonatchi omonat muddati tugagandan keyin omonatni qaytarib olmasa,  keyingi amaliyot kunida uning uchun talab qilib olinguncha  saqlanadigan omonat hisobvarag‘i ochiladi. Omonat va u bo‘yicha hisoblangan foiz, ushbu kundan boshlab, Omonatchining talab qilib  olinguncha saqlanadigan omonat hisobvarag‘idagi shaxsiy hisobvaraqqa o‘tkaziladi.

2-bo‘lim. Boshqa muhim shartlar

 1. Omonatga qo‘yilgan pul mablag‘larini omonat muddati tugagunga qadar qisman yechib olish imkoniyatining mavjudligi

 Omonat muddati davomida omonatning bir qismini olish ko‘zda tutilgan. Bunda omonatdagi mablag‘ qoldig‘i 1000 (bir ming) AQSh dollaridan kam bo‘lmasligi lozim.

 2. Omonat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish tartibi

 To‘langan foizlar mablag‘lar haqiqatda omonatga tushgan kuni quyidagicha hisoblab chiqiladi:
 a) omonat 3 oygacha bo‘lgan muddat davomida turgan bo‘lsa, foiz to‘lanmaydi;
 b) omonat 3 oydan 9 oygacha bo‘lgan muddat davomida turgan bo‘lsa, omonatga yillik 4 foizlik stavkada foiz hisoblanadi va to‘lanadi;
 d) omonat 9 oydan 15 oygacha bo‘lgan muddat davomida turgan bo‘lsa, omonatga yillik 5 foizlik stavkada foiz hisoblanadi va to‘lanadi;                      e) omonat 15 oydan 21 oygacha bo‘lgan muddat davomida turgan bo‘lsa, omonatga yillik 6 foizlik stavkada foiz hisoblanadi va to‘lanadi.
 Bunda omonat summasidan to‘langan va hisoblangan foizlar o‘rtasidagi farq yechib olinadi.


Jismoniy shaxslar uchun AQSh dollaridagi “Ishonchli sarmoya” muddatli bank omonati bo‘yicha shartnoma namunasi (yuklab olish)

Muddatli omonatning asosiy shartlari to‘g‘risidagi axborot varaqasi 


Kalkulyator

Omonat daromadini hisoblang



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech