Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Sharq bahori” ipoteka krediti

Yangilangan sana: ...

  “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi tomonidan Toshkent viloyatining Toshkent shahriga tutash Yuqori Chirchiq va Oʻrta Chirchiq tumanlari hududida 19 720,9 ga maydonga qurilayotgan “Sharq bahori” turar joy majmuasidan kvartiralarni (jismoniy shaxslarga ulush kiritish asosida) sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratishni yo‘lga qo‘ydi.
  Bank xizmatlari ofislarimizga tashrif buyuring va qisqa fursatda rasmiylashtirib, orzuyingizdagi xonadonga ega bo‘ling.
  Kreditning imtiyozli davri mavjud emas.

“SHARQ BAHORI-1” IPOTEKA KREDITI SHARTLARI

 № 

Ko‘rsatkich nomi

Shartlari

1

 Mijoz

Jismoniy shaxs (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi)

2

 Kredit maqsadi

Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi davlat muassasasi tomonidan qurilayotgan “Sharq bahori” turar-joy majmuasidan uy-joy (xonadon) sotib olish

 3

 Kreditning maksimal miqdori

900,0 mln so‘mgacha

3.1

 Moliyalashtirish manbasidan kelib chiqib (Gibrid usulda)

IMV resursidan

Bank mablag‘idan

420,0 mln so‘mgacha

480,0 mln so‘mgacha

Gibrid usulda ipoteka krediti ajratilmagan taqdirda IMV mablag‘lari hisobidan 480 mln so‘mgacha (bunda bank mablag‘lari hisobidan ipoteka krediti ajratilmaydi)

Kelgusida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori va/yoki Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadigan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishning eng ko‘p miqdori o‘zgargan taqdirda belgilangan limit summasi mos ravishda o‘zgaradi.

4

 Boshlang‘ich badal

IMV resursidan ajratiladigan qismi uchun

Bank mablag‘idan ajratiladigan qismi uchun

15 foiz

20 foiz

(bunda, auksion savdolarida kvartira qiymati bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lovlar ham boshlang‘ich badal sifatida qabul qilinishi mumkin)

 

5

 Yillik foiz stavkasi

Doimiy daromadga ega bo‘lgan mijozlar uchun

IMV resursidan

Bank mablag‘idan

16,8 foiz

17 foiz

O‘zini-o‘zi band qilgan mijozlar uchun

IMV resursidan

Bank mablag‘idan

16,8 foiz

18 foiz

 5.1 

 Foizni hisoblashning sharti-o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan

O‘zgaruvchan: Kredit hisobiga sotib olinayotgan kvartiraning kadastr xujjatlari rasmiylashtirilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng, qarz oluvchi ushbu kvartirani 20 kun muddatda belgilangan tartibda bank hisobiga garovga taqdim qilmagan taqdirda, kreditning yillik foiz stavkasi (garovga qo‘yilgunga qadar) 25 foiz stavkaga o‘zgartiriladi. Mazkur shart kredit shartnomasida ko‘rsartilishi lozim.

6

 Muddati

240 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga.

7

 Kredit oluvchi yoshiga bo‘lgan talab

Kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan (60 yosh ham kiradi) bo‘lishi.

(Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtirilayotgan vaqtida yoshi 60 yoshdan olmasligini hisobga olish zarur)

8

 Qarz oluvchilar/birgalikda qarz oluvchilar (jismoniy shaxslar) muvofiqlik mezonlari:

- doimiy ish joyiga, shu jumladan kredit bo‘yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oyda to‘lash uchun yetarli bo‘lgan daromad manbaiga ega bo‘lish;

-  qarz yuki ko‘rsatkichi 50 foizdan oshmasligi kerak.

- ipoteka kreditini ajratishni ko‘rib chiqish vaqtida bank va boshqa kredit tashkilotlaridan muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi.

-mazkur dastur doirasida ajratiladigan ipoteka kreditlaridan birinchi marotaba foydalanayotgan bo‘lishi

 (bunda, qarz oluvchi tomonidan 2024-yil 1-mayga qadar olingan ipoteka  kreditlari inobatga olinmaydi)

9

 Kredit miqdorining uy-joy (garov) qiymatiga nisbati

Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan ajratiladigan qismi uchun

LTV≤85%

Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan ajratiladigan qismi uchun

            LTV≤80%.

10

 Uy-joylarni topshirish

(garov sifatida bankka taqdim qilish)

2027 yil II chorak yakuniga qadar

11

 To‘lov usuli

Annuitet yoki differensial usulda

12

 Birgalikda qarz oluvchilar soni

4 nafargacha

13

 Ta’minot

- Kredit hisobiga sotib olinayotgan uy-joy (xonadon) 

- Kredit hisobiga sotib olinayotgan uyning qurilish ishlari yakunlanib, kadastr hujjatlari rasmiylashtrilib garov sifatida taqdim qilinguniga qadar Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasining kredit summasining 125 foizidan kam bo‘lmagan miqdordagi kafilligi qabul qilinadi.

   Qurilish ishlari yakunlanib, kadastr hujjatlari rasmiylashtirilganidan so‘ng, kredit bo‘yicha ta’minot ushbu uy-joyning ipotekasiga almashtiriladi.

14

 Boshqa shartlar

1. Mijozga ipoteka krediti ajratilgan muddatdan to kadastr hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilib kredit hisobiga sotib olinayotgan uy-joy (kvartira)garov ta’minotiga qo‘yilgunga qadar bo‘lgan kredit davri davomida mijozning kredit to‘lovlarini uzluksiz 90 (to‘qson) kun kechiktirishi mijoz bilan tuzilgan ipoteka krediti shartnomasini bank tomonidan bir tomonlama bekor qilinishiga hamda kredit to‘lovlarini “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” hisobidan to‘liq so‘ndirilishiga asos bo‘ladi.

“SHARQ BAHORI-2” IPOTEKA KREDITI SHARTLARI

 № 

 Ko‘rsatkich nomi

Shartlari

1

 Mijoz

Jismoniy shaxs (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi)

2

 Kredit maqsadi

Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi davlat muassasasi tomonidan qurilayotgan “Sharq bahori” turar joy majmuasidan uy-joy (xonadon) sotib olish

 3

 Kreditning maksimal miqdori

800,0 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda

 4

 Moliyalashtirish manbai 

Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan

5

 Muddati

120 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga

6

 Boshlang‘ich badal

Doimiy daromadga ega bo‘lganlar uchun

O‘zini-o‘zi band qilganlar uchun

20 foiz

20 foiz

(bunda, auksion savdolarida kvartira qiymati bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lovlar ham boshlang‘ich badal sifatida qabul qilinishi mumkin)

7

 Yillik foiz stavkasi

Doimiy daromadga ega bo‘lgan

O‘zini o‘zi band qilgan

23 foiz

24 foiz

8

 Kredit oluvchi yoshiga bo‘lgan talab

Kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan (60 yosh ham kiradi) bo‘lishi.

9

 Qarz oluvchilar/birgalikda qarz oluvchilar (jismoniy shaxslar) muvofiqlik mezonlari

- doimiy ish joyiga, shu jumladan kredit bo‘yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oyda to‘lash uchun yetarli bo‘lgan daromad manbaiga ega bo‘lish;

-  qarz yuki ko‘rsatkichi 50 foizdan oshmasligi kerak.

- ipoteka kreditini ajratishni ko‘rib chiqish vaqtida bank va boshqa kredit tashkilotlaridan muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi.

10

 Kredit miqdorining uy-joy (garov) qiymatiga nisbati

 

LTV≤80%.

11

 Uy-joylarni topshirish

(garov sifatida bankka taqdim qilish)

 2027 yil II chorak yakuniga qadar

12

 To‘lov usuli

Annuitet yoki differensial usulda

13

 Birgalikda qarz oluvchilar soni

4 nafargacha

14

 Ta’minot

- Kredit hisobiga sotib olinayotgan uy-joy (xonadon) 

- Kredit hisobiga sotib olinayotgan uyning qurilish ishlari yakunlanib, kadastr hujjatlari rasmiylashtrilib garov sifatida taqdim qilinguniga qadar Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasining kredit summasining 125 foizidan kam bo‘lmagan miqdordagi kafilligi qabul qilinadi.

 Qurilish ishlari yakunlanib, kadastr hujjatlari rasmiylashtirilganidan so‘ng, kredit bo‘yicha ta’minot ushbu uy-joyning ipotekasiga almashtiriladi.

15

 Boshqa shartlar

Mijozga ipoteka krediti ajratilgan muddatdan to kadastr hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilib kredit hisobiga sotib olinayotgan uy-joy (xonadon) garov ta’minotiga qo‘yilgunga qadar bo‘lgan kredit davri davomida mijozning kredit to‘lovlarini uzluksiz 90 (to‘qson) kun kechiktirishi mijoz bilan tuzilgan ipoteka krediti shartnomasini bank tomonidan bir tomonlama bekor qilinishiga hamda kredit to‘lovlarini “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” hisobidan to‘liq so‘ndirilishiga asos bo‘ladi.

 Kreditning asosiy shartlari to'g'risida axborot varaqasi (Sharq bahori – 1)
Kreditning asosiy shartlari to'g'risida axborot varaqasi (Sharq bahori – 2)
Kreditning asosiy shartlari to'g'risida axborot varaqasi (Sharq bahori – 3)
Kredit shartnomasining namunaviy shakli (yuklab olish) 
Kredit shartnomasining namunaviy shakli (yuklab olish) 
Kredit sharnomasi rasmiylashtirishdan oldin taqdim etiladigan cheklist 
Batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi telefonlarga murojaat qilishingiz mumkin:

  №      Bank xizmatlari ofislari nomlari     Telefon raqamlar  
 1  Amaliyot boshqarmasi  (+99871) 207-62-84 
 2  “Toshkent” BXO  (+99871) 230-40-92
 3  “Darxon” BXO  (+99871) 237-06-45
 4   “Yakkasaroy” BXO  (+99871) 255-18-70
 5  "Andijon” BXO  (+99895) 202-03-10
 6  “Namangan” BXO  (+99869) 223-19-65
 7  “Samarqand” BXO  (+99866) 237-74-02
 8  “Termiz” BXO  (+99876) 227-35-00
 9  “Qarshi” BXO  (+99875) 227-25-25
 10  “Farg‘ona” BXO  (+99873) 244-40-28
 11  “Jizzax” BXO  (+99872) 226-20-16
 12  “Buxoro” BXO  (+99865) 505-06-06
 13  “Bektemir” BXO  (+99855) 901-10-10
 14  “Raqamli” BXO  (+99855) 506-07-60

Chakana biznes departamentining telefon raqami: (+ 998 71) 207-36-44. Ichki raqam (11272, 11370, 11407)



Kalkulyator

Talab qilinadigan kredit summasini kiriting
Kreditni to’lash uchun oylar miqdorini tanlang
Sug‘urta xarajatlari mijoz tomonidan mustaqil to‘ldirilishi mumkin. Agar mijoz tomonidan to‘ldirilmasa ushbu bo‘limga sayt tomonidan muqobil xarajat avtomatik ravishda qo‘yiladi
Mulkni baholash bo‘yicha xarajatlar mijoz tomonidan mustaqil to‘ldirilishi mumkin. Agar mijoz tomonidan to‘ldirilmasa ushbu bo‘limga sayt tomonidan muqobil xarajat avtomatik ravishda qo‘yiladi


Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech