Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi:
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Sharq bahori” ipoteka krediti

Yangilangan sana: ...


“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi tomonidan Toshkent viloyatining Toshkent shahriga tutash Yuqori Chirchiq va Oʻrta Chirchiq tumanlari hududida 19 720,9 ga maydonga qurilayotgan “Sharq bahori” turar joy majmuasidan kvartiralarni (jismoniy shaxslarga ulush kiritish asosida) sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratishni yo‘lga qo‘ydi.

Text editor

Ko‘rsatkich nomi

Shartlari

1

Mijoz

Jismoniy shaxs (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi)

2

Kredit maqsadi

Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi davlat muassasasi tomonidan qurilayotgan “Sharq bahori” turar joy majmuasidan uy-joy (kvartira) sotib olish

 3

Kreditning maksimal miqdori

800,0 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda

3.1

Moliyalashtirish manbasidan kelib chiqib

Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan

Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan


 480,0 mln so‘mgacha;

Kelgusida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori va/yoki Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadigan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishning eng ko‘p miqdori o‘zgargan taqdirda belgilangan limit summasi mos ravishda o‘zgaradi.

Kvartira qiymatining qolgan qismi

4

Muddati

240 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga

5

Boshlang‘ich badal

Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan ajratiladigan qismi uchun

Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan ajratiladigan qismi uchun

15 foiz

20 foiz

(bunda auksion savdolarida kvartira qiymati bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lovlar ham boshlang‘ich badal sifatida qabul qilinishi mumkin)

6

Yillik foiz stavkasi


 Doimiy daromadga ega bo‘lganlar uchun



     17 foiz

 O‘zini-o‘zi band qilganlar uchun

     18 foiz

6.1

Foizni hisoblashning sharti-o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan

O‘zgaruvchan: Kredit hidobiga sotib olinayotgan kvartiraning kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng, qarz oluvchi ushbu kvartirani 20 kun muddatda belgilangan tartibda bank hisobiga garovga taqdim qilmagan taqdirda, kreditning yillik foiz stavkasi (garovga qo‘yilgunga qadar) 25 foiz stavkaga o‘zgartiriladi. Mazkur shart kredit shartnomasida ko‘rsartilishi lozim.

7

Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilarning o‘rtacha oylik daromadlari

Daromadlarni aniqlashda quyidagi tasdiqlovchi hujjat va ma’lumotlardan foydalaniladi:

- ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (uzluksiz 6 oy, mehnat ta’tili bundan mustasno);

- pensiya miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

- fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya badallari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

- to‘langan soliqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan davlat soliq xizmatlari organlari tomonidan tasdiqlangan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya ma’lumotlar;

- bank hisobvaraqlariga, shu jumladan bank kartalariga tushgan tushumlar (uzluksiz 6 oy);

- yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha asosiy hisobvarag‘i barcha pul tushumlarining 20% (bank tomonidan tasdiqlangan ma’lumot asosida);

- o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan ularning tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha taqdim qilgan daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (birgalikda qarz oluvchi uchun qabul qilinmaydi);

- shuningdek, amaldagi qonunchilik xujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar.

Mavsumiy ishlarni bajaradigan qarz oluvchilar uchun so‘ngi 6 oy ichida kamida 3 oyi uchun uzluksiz olingan daromadlari qabul qilinishi mumkin. (Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-sonli qarorining9-ilovasiga muvofiq aniqlanadi)

Bunda qarz oluvchilarning daromadlari soliqlar chegirilib tashlangan holda hisobga olinishi lozim.

8

Kredit oluvchi yoshiga bo‘lgan talab

Kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan (60 yosh ham kiradi) bo‘lishi.

(Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtirilayot -gan vaqtida yoshi 60 yoshdan olmasligini hisobga olish zarur)

9

Qarz oluvchilar/birgalikda qarz oluvchilar (jismoniy shaxslar) muvofiqlik mezonlari:

- doimiy ish joyiga, shu jumladan kredit bo‘yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oyda to‘lash uchun yetarli bo‘lgan daromad manbaiga ega bo‘lish;

- qarz yuki ko‘rsatkichi 50 foizdan oshmasligi kerak.

- ipoteka kreditini ajratishni ko‘rib chiqish vaqtida bank va boshqa kredit tashkilotlaridan muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi.

-mazkur dastur doirasida ajratiladigan ipoteka kreditlaridan birinchi marotaba foydalanayotgan bo‘lishi (bunda qarz oluvchi tomonidan
2024-yil 1-mayga qadar olingan kreditlar inobatga olinmaydi).

10

Uy-joylarni topshirish (garov sifatida bankka taqdim qilish)

2026 yil 31 dekabriga qadar

11

To‘lov usuli

Annuitet yoki differensial usulda

12

Birgalikda qarz oluvchilar soni

3 nafargacha

13

Ta’minot

- Kredit hisobiga sotib olinayotgan uy-joy (kvartira).

- Kredit hisobiga sotib olinayotgan uyning qurilish ishlari yakunlanib, kadastr xujjatlari rasmiylashtrilib garov sifatida taqdim qilinguniga qadar quyidagi ta'minotlar taqdim etiladi:

1. Sug‘urta kompaniyasining kredit xavf xatarini oldini olish maqsadida investitsiya (oldi-sotti) shartnomasida ko‘rsatilgan uyning topshirilish muddatiga mos ravishda kredit qaytmaslik xataridan sug‘urta polisi qabul qilinadi. 

2. Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasining kredit summasining 125 foizidan kam bo‘lmagan miqdordagi kafilligi qabul qilinadi.

 Qurilish ishlari yakunlanib, kadastr xujjatlari rasmiylashtirilganidan so‘ng, kredit bo‘yicha ta’minot ushbu uy-joyning ipotekasiga almashtiriladi.

14

Jami ajratiladigan kredit summasi

100 000 000 000 (bir yuz milliard) so‘m

15

Jami kafillik summasi

125 000 000 000 (bir yuz yigirma besh milliard) so‘m

16

Boshqa shartlar

1. Mijozga ipoteka krediti ajratilgan muddatdan to kadastr hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilib kredit hisobiga sotib olinayotgan uy-joy (kvartira)garov ta‘minotiga qo‘yilgunga qadar bo‘lgan kredit davri davomida mijozning kredit to‘lovlarini uzluksiz 90 (to‘qson) kun kechiktirishi mijoz bilan tuzilgan ipoteka krediti shartnomasini bank tomonidan bir tomonlama bekor qilinishiga hamda kredit to‘lovlarini Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi hisobidan to‘liq so‘ndirilishiga asos bo‘ladi.

Bunda o‘zini o‘zi band qilgan mijozlar ijtimoiy soliqlarini to‘liq to‘lagan bo‘lishlari shart.

 Yuqoridagilardan kelib chiqib, Sizdan, joriy yilning 5-mart sanasidan boshlab ulushdor jismoniy shaxslarga Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi tomonidan qurilayotgan “Sharq bahori” turar-joy majmuasidan kvartiralarni sotib olish uchun ajratilishi rejalashtirilayotgan ipoteka krediti yuzasidan ma’lumotlarni bankning rasmiy veb-saytida joylashtirishingiz hamda ijtomoiy tarmoqlar orqali doimiy ma’lumot berib borishingiz so‘raladi. 



Kalkulyator

Talab qilinadigan kredit summasini kiriting
Kreditni to’lash uchun oylar miqdorini tanlang
Sug‘urta xarajatlari mijoz tomonidan mustaqil to‘ldirilishi mumkin. Agar mijoz tomonidan to‘ldirilmasa ushbu bo‘limga sayt tomonidan muqobil xarajat avtomatik ravishda qo‘yiladi
Mulkni baholash bo‘yicha xarajatlar mijoz tomonidan mustaqil to‘ldirilishi mumkin. Agar mijoz tomonidan to‘ldirilmasa ushbu bo‘limga sayt tomonidan muqobil xarajat avtomatik ravishda qo‘yiladi


Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech