“Golden house property group” qurilish kompaniyasi qoshidagi korxonalar tomonidan qurilayotgan uy-joy (kvartira)larni sotib olishga ajratiladigan ipoteka krediti

“Golden house property group” qurilish kompaniyasi qoshidagi korxonalar tomonidan qurilayotgan uy-joy (kvartira)larni sotib olishga ajratiladigan ipoteka krediti shartlari
№ |
Ko‘rsatkich nomi |
Shartlari |
|
1 |
Mijoz |
Jismoniy shaxs (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi) |
|
2 |
Kredit maqsadi |
Birlamchi bozordan (“GOLDEN HOUSE PROPERTY GROUP” qurilish kompaniyasi qoshidagi korxonalar tomonidan qurilayotgan) uy-joy (kvartira)larni sotib olish |
|
3 |
Miqdori |
Ko‘p kvartirali uylardan uy-joy (kvartira) sotib olish uchun Bazaviy hisoblash miqdorining 2 500 barobarigacha. Bundan:
1) Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtiriladigan qismi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun – 330,0 mln. so‘mgacha
Toshkent shahrida - 420,0 mln.so‘mgacha
2) Qolgan qismi bank o‘z mablag‘i hisobidan moliyalashtiriladi. |
|
4 |
Muddati |
- Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘laridan qayta moliyalashtiriladigan qismi 20 yildan oshmagan muddatga.
- Bank o‘z mablag‘idan moliyashtiriladigan qismi |
|
5 |
Boshlang‘ich to'lov |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘laridan qayta moliyalashtiriladigan qismi uchun |
|
Doimiy daromad manbaiga ega bo‘lganda |
O‘zini-o‘zi band qilgan mijozlarga |
||
15 foiz |
35 foiz |
||
Bank o‘z mablag‘idan moliyashtiriladigan qismi uchun |
|||
Doimiy daromadga ega bo‘lganda |
O‘zini-o‘zi band qilgan mijozlarga |
||
25 foiz |
35 foiz |
||
6 |
Yillik foiz stavkasi |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘laridan qayta moliyalashtiriladigan qismi |
Bank o‘z mablag‘idan moliyashtiriladigan qismi |
20,0% |
25 foiz |
||
7 |
To‘lov usuli |
Annuitet yoki differensial usulda |
|
8 |
Kredit oluvchi yoshiga bo‘lgan talab |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘laridan qayta moliyalashtiriladigan qismi uchun: - 20 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan. Bank o‘z mablag‘idan moliyashtiriladigan qismi uchun: Kreditni oxirgi qaytarish muddatida: - Erkaklar – 65 yoshgacha bo‘lishi lozim - Ayollar – 60 yoshgacha bo‘lishi lozim |
|
9 |
Oylik daromadlari |
Ish haqi (oxirgi ish joyining kamida 6 oylik daromadi) |
|
10 |
Birgalikda qarz oluvchilar soni |
2 nafargacha |
|
11 |
Ta’minot |
- Kredit hisobiga sotib olinayotgan uy-joy (kvartira)
- Ulushdor jismoniy shaxslar ipoteka krediti bo‘yicha ta’minot sifatida bankning ichki kredit siyosatiga asosan pudrat tashkilotining yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mol-mulkdan foydalanishi mumkin. (Uy-joy qurilish ishlari yakunlanib, kadastr hujjatlari rasmiylashtirilguniga qadar shartnomada ko‘rsatilgan muddatga 6 oy qo‘shilgan holda kredit qaytmaslik xataridan sug‘urta polisi taqdim etiladi).
Agar qarz oluvchi tomonidan kredit olish vaqtida boshqa ta’minot turi taqdim etilgan bo‘lsa, qurilish ishlari yakunlanib, kadastr hujjatlari rasmiylashtirilganidan so‘ng kredit bo‘yicha ta’minot ushbu uy-joyning ipotekasiga almashtiriladi.
|
|
12 |
Taqdim etiladigan hujjatlar: |
Pasport (ID kartasi), oldi-sotdi shartnoma, ta’minot hujjatlari, kadastr hujjatlari. |
|
13 |
Qarz oluvchilar/birgalikda qarz oluvchilar (jismoniy shaxslar) muvofiqlik mezonlari: |
- doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo‘jaligidan yoxud yakka tartibdagi taqdbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek, ipoteka krediti bo‘yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oyda to‘lash uchun yetarli bo‘lgan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega bo‘lishi
- qarz yuki ko‘rsatkichi 2025-yil 1-yanvardan boshlab-50 foizdan oshmasligi kerak. (O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga qarz yuki hisobga olinmaydi.)
- ipoteka kreditini ajratishni ko‘rib chiqish vaqtida bank va boshqa kredit tashkilotlaridan muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi.
- (O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ipoteka krediti olish vaqtida bank va boshqa kredit tashkilotlaridan kredit qoldig‘i kredit hisobiga sotib olinayotgan uy-joy (kvartira qiymatining 20 foizidan ortiq bo‘lmasligi lozim).
|
|
14 |
Boshqa shartlar |
Kredit hisobiga sotib olinayotgan uy-joy (kvartira) qurilish ishlari yakunlanib, kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgandan so‘ng, uy-joy (kvartira) garov sifatida bankka taqdim qilinadi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan resurs ajratilgan sanadan boshlab (Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘laridan qayta moliyalashtiriladigan qismi uchun) yillik foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasi + 4(to‘rt) foiz miqdorida foiz hisoblanadi.
Mijozga ipoteka krediti ajratilgan muddatdan to kadastr hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilib kredit hisobiga sotib olinayotgan uy-joy (kvartira)garov ta'minotiga qo‘yilgunga qadar bo‘lgan kredit davri davomida mijozning kredit to‘lovlarini uzluksiz 90 (to‘qson) kun kechiktirishi mijoz bilan tuzilgan ipoteka krediti shartnomasini bank tomonidan bir tomonlama bekor qilinishiga asos bo‘ladi. |