Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” “Xalqaro gullar festivali”da faol ishtirok etmoqda

Yangilangan sana: 31 May 2023, 09:06
“Trastbank” “Xalqaro gullar festivali”da faol ishtirok etmoqda
31 May 2023

Xabaringiz bor, joriy yilning 21-may kuni Namangan shahrida 62-an’anaviy “Xalqaro gullar festivali”ga start berildi. Bir oy mobaynida davom etadigan ushbu nafosat bayramining yildan yilga nufuzi ortib, mahalliy aholi va sayyohlar orasida juda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

festefal 2.jpg

 Mazkur go‘zallik ayyomini o‘tkazish uchun Namangan shahridagi istirohat bog‘lari va shahar ko‘chalariga 36 millon tup mavsumiy gul ko‘chatlari ekilgan bo‘lib, namanganliklar butun shaharni anvoyi gullarga burkab, tabiat va inson qo‘l mehnati bilan yaratayotgan go‘zallikni namoyish qilish orqali festival mehmonlarini lol qoldirmoqda.

festefal 3.jpg

Shuningdek, an’anaga muvofiq moliya muassasalari ham festivalda ishtirok etmoqda. Xususan, shahar markazidagi “Bobur” bog‘ida “Trastbak” XAB tomonidan tashkil qilingan unutilmas manzaralar hamda gullar kompozitsiyalari mehmonlarga unutilmas taassurotlarni tuhfa qilmoqda, desak mubolag‘a emas.

Umuman olganda, bir oy davom etadigan ushbu festival  gul ixlosmandlari va qadriyatlarni qadrlovchilar uchun hayajonli taassurot va takrorlanmas xotiralarni in’om etmoqda.

festefal 4.jpg

Aziz yurtdoshlar, qadrli mijozlar! Siz ham ana shunday go‘zallikdan bahramand bo‘lishni istasangiz Namangan shahrida o‘tkazilayotgan “Xalqaro gullar festivali”ga tashrif buyuring.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 422
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech