Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” XAB va "Commerzbank " AJ (Germaniya) o‘rtasida O‘zaro kelishuv Memorandumi imzolandi

Yangilangan sana: ...
“Trastbank” XAB va "Commerzbank " AJ (Germaniya) o‘rtasida O‘zaro kelishuv Memorandumi imzolandi
16 Noy 2017
Bugun Frankfurt-Mayna shahrida “Trastbank” delegatsiyasi vakillari tashrifi doirasida “Trastbank” XAB va "Commerzbank" (Germaniya) o‘rtasida O‘zaro kelishuv Memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu Memorandum davlatimiz rahbarining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi, 2017 yil 2 sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonlariga asosan mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish, zamonaviy, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini barqaror rivojlantirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida imtiyozli kreditlar ajratishni nazarda tutadi.
“Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mamlakatimizni iqtisodiy rivojlantirishning ustivor vazifalaridan biridir”, - deydi “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruvi Raisi Sardor Normuxamedov.
- “Ushbu vazifani samarali echish ko‘p jihatdan respublikamizda investitsiya muhitini yaxshilash va salohiyatini oshirish bilan bog‘liqdir. Hozirgi paytda mamlakatimizda xorijiy sarmoyalarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanishning mustahkam huquqiy bazasi yaratilgan. Chunki O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalarga iqtisodiy o‘sish sur’atlarini yanada yaxshilash, ilg‘or xorijiy tajribalar va uslublarni xalq xo‘jaligiga tadbiq qilish, ishlab chiqarishni yangilash va zamonaviylashtirish, kichik va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ishlab chiqarish va ish o‘rinlari yaratish orqali aholi daromadlarini oshirish omili deb qaraladi.
Sir emas, yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni barpo etish, yangilash jarayonlari xorijiy valyutaga xarid qilinadigan import texnologiyalar asosida amalga oshiriladi. Binobarin, bugungi kunda bizning xususiy bankimiz moliyaviy agent sifatida chet el moliya institutlarining uzoq muddatli kredit liniyalarini jalb qilishda tadbirkorlik tuzilmalarining talab va ehtiyojlarini, loyihalar ahamiyatini e’tiborga oladi”.
Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari va kelajak rejalar muhokama qilindi.
Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 2679

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech