Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” eʼlon qilgan aksiyaning birinchi bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Yangilangan sana: 7 Dekabr 2021, 18:45
“Trastbank” eʼlon qilgan aksiyaning birinchi bosqichi g‘oliblari aniqlandi
7 Dek 2021

 Maʼlumki, “Trastbank” XAB MasterCard bilan hamkorlikda “Trastbank” bilan birga bo‘ling va sovg‘aga ega bo‘ling” aksiyasini o‘tkazmoqda.

IMG_8406.JPG

Aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun “Trastbank”dan MasterCard xalqaro plastik kartasini ochish hamda faqat savdo va xizmat ko‘rsatish terminallari, qolaversa, internet saytlari orqali kamida 10$ miqdorda to‘lovni amalga oshirish zarur.

IMG_8409.JPG

Ushbu aksiya besh bosqichda, yaʼni joriy yilning noyabridan 2022-yilning 18-martiga qadar o‘tkaziladi.

Bugun, 7-dekabr kuni aksiyaning 1-bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu jarayon Bankning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida to‘g‘ridan to‘g‘ri onlayn efirga uzatildi.

IMG_8428.JPG

Unda joriy yil 2–30 noyabrgacha bo‘lgan davr ichida amalga oshirilgan tranzaksiyalar qatnashdi. Tranzaksiyalar orasidan tasodifiy tarzda sovrin egalari aniqlandi. Natijada 15 nafar hamyurtimiz qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritishdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur aksiya bosh sovrini – “Chevrolet Cobalt” avtomobili!

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 608
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech