Oltinga sarmoya kiritish o‘ylaganingizdan ko‘ra osonroq. Bu borada “Trastbank” sizga yaxshi imkoniyatni taqdim etadi.
Og‘irligi 5, 10, 20 va 50 grammlik, seriya raqami bilan maxsus ramkaga qadoqlangan tilla quymalarni xarid qilishingiz mumkin.
Qolaversa, og‘irligi 15, 20 va 31,1 gramm bo‘lgan oltin va 31,1 grammlik kumushdan yasalgan esdalik tangalar ham taqdim etilmoqda.
“Yangi O‘zbekiston” va “Navro‘z” deb nomlangan ushbu esdalik tangalari yaqinlaringiz uchun eng ajoyib sovg‘a bo‘ladi.
Sotish va qayta sotib olish narxi Markaziy bank tomonidan qimmatbaho metallarning jahondagi birja narxidan kelib chiqib belgilanadi.
Batafsil Qo‘shimcha savollar uchun 1287 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.