Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Rasmiy munosabat

Yangilangan sana: ...
Rasmiy munosabat
30 Dek 2025

 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va “Kelajak-bolalari” NTM o‘rtasida maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risidagi Bitimga asosan “Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi” binosini qurish uchun “Trastbank” XAB tomonidan kredit mablag‘i ajratilgan.
 Shuningdek, ushbu ajratilgan kredit foizi to‘lovi bo‘yicha “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi) tomonidan kompensatsiya mablag‘lari to‘lab berish imtiyozlari berilgan.
“Kelajak-bolalari” NTM tomonidan “Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi” binosini 2020-yil yakuniga qadar qurish belgilangan bo‘lsada, “Trastbank” XAB tomonidan bir necha bor yozma ravishda takror va takror ogohlantirishlarga qaramasdan “Kelajak-bolalari” NTM rahbari tomonidan hozirgi kunga qadar “Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi” binosi qurib bitkazilmagan va bankka taqdim etilgan biznes reja parametrlari bajarilmagan.
 Shu boisdan, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi) tomonidan e’tiroz bildirilgan va shartnoma bo‘yicha to‘lanadigan kompensatsiya mablag‘lari to‘xtatilgan hamda to‘lab berilgan kompensatsiya mablag‘larini kompaniya hisobiga qaytarilishi talab etilgan.
 Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ hamda bank oldidagi qarzdorliklarni qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda undirish maqsadida tegishli sudga da’vo ariza bilan murojaat qilish yuzasidan hujjatlar tayyorlanmoqda. Kredit ta’minoti sifatida taqdim etilgan garov mulklari bo‘yicha masala sudning hal qiluv qaroridan so‘ng ko‘rib chiqiladi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 4

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech