Pul mablag‘laringiz xavfsizligini ta’minlash uchun quyidagi to‘rtta qoidaga amal qiling:
SMS-kod va parollarni hech kimga aytmang: bank xodimlari sizdan hech qachon telefoningizga kelgan bir martalik SMS-kodni yoki parol-kodlarni so‘ramaydi;
Noma’lum havolalarga o‘tmang: shubhali SMS, telegram va boshqa messenjerlar orqali kelgan havolalarni ochmang hamda shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritmang;
Karta orqasidagi CVC/CVV kodni yashiring: kartaning orqa tarafidagi 3 xonalı kodni hech qaysi holatda begonalar ko‘rishiga yo‘l qo‘ymang;
Notanish shaxslardan kelgan qo‘ng‘iroqlarga ehtiyotkorlik bilan javob bering: agar sizga “Hisobingiz bloklandi” yoki “Shubhali operatsiya aniqlandi”, deb qo‘ng‘iroq qilishsa, suhbatni yakunlang. 1287 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib Aloqa markazimiz mutaxassislaridan aniqlik kiriting;
Ijtimoiy tarmoqlardagi quyidgai rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
0



