Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Trastbank: sog‘lom biznes muhitni yaratish choralarini ko‘rib bormoqda

Yangilangan sana: 15 Oktabr 2020, 17:59
Trastbank: sog‘lom biznes muhitni yaratish choralarini ko‘rib  bormoqda
15 Okt 2020

Pandemiya sharoiti bo‘lishiga qaramay, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki ilg‘or tajribaga tayangan holda axborot texnologiyalari tizimidan keng foydalanib, onlayn videokonferensiyalar orqali xodimlarning bilim va malaka ko‘nikmalarini oshirishda davom etmoqda.

Joriy yilning 13 oktabrida bankning O‘quv markazi va Qimmatli qog‘ozlar boshqarmasi hamkorligida “Bank bilan aloqador va affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzishning o‘ziga xos jihatlari” mavzusida navbatdagi o‘quv amaliy videokonferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur videokonferensiyada bankning barcha filiallaridan jami 105 nafar xodim ishtirok etdi.

Mazkur onlayn videokonferensiyada so‘zga chiqqan bankning Qimmatli qog‘ozlar boshqarmasi boshlig‘i Aziz Ziyaev ishtirokchilarga qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtiruvchi qonun hujjatlari, raqobat muhitida jahon iqtisodiyoti ehtiyojlariga mos ravishda xalqaro moliyaviy oqimlarni ta’minlash imkoniyatlari, moliyaviy vositalar bahosining o‘zgarishi va shakllanishi orqali ularni sotib oluvchilarning talab va takliflarini aniqlash, affillangan shaxslar bilan tuziladigan bitimlar, tavakkalchilikning eng yuqori darajasi bankning birinchi darajali kapitalining 25 foizidan oshmasligi va boshqa masalalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, vebinar ishtirokchilari bankka aloqador bo‘lgan shaxslar bilan tuziladigan bitimlar — kredit liniyalari, overdraft, lizing, faktoring, kredit shartlarining o‘zgartirilishining barcha shakllari, har qanday ko‘rinishdagi investitsiyalar, qimmatli qog‘ozlarni yoxud xorijiy valyutani sotib olish bo‘yicha huquqiy asoslangan majburiyatlar, bosqichma-bosqich to‘lash sharti bilan aktivlarni sotish, akkreditivlar ochish, kafolatlar berish, mol-mulklar sotib olish hamda boshqa moliyalash bilan bog‘liq bitimlar bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Vebinarning yakunlovchi qismi savol-javob tarzida tashkil etilib, unda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga yetarlicha ma’lumot olishdi.
Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 832
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech