Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

«Trastbank»: kredit-modul tizimiga o‘tish jarayonida xodimlar malakasi oshirilmoqda

Yangilangan sana: ...
«Trastbank»: kredit-modul tizimiga o‘tish jarayonida xodimlar malakasi oshirilmoqda
23 Sen 2020

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatish borasida ko‘plab ishlarni amalga oshirmoqda. Bank o‘z imijini oshirishi hamda aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatishi ko‘p jihatdan mazkur bankda faoliyat yurituvchi xodimlarga bog‘liq.

Bugungi koronavirus pandemiyasi sharoitida xodimlar malakasini oshirish rivojlangan texnologiyalardan foydalangan holda onlayn videokonferensiyalar orqali amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Kuni kecha “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining Kreditlash departamenti direktori Bobur Muborakov bankning barcha filiallari anderraytinglari uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning milliy valyutadagi modulli kreditlash jarayonini anderrayting tizimi asosida tashkil etish borasida videokonferensiya o‘tkazdi.

Vebinar davomida Bobur Muborakov filial xodimlariga kredit olish to‘g‘risida qaror qabul qilishda yoki har qanday shartnomani tuzishda tavakkalchilikni va qarz oluvchilarning daromadlari darajasini baholash, uning kredit tarixini tahlil qilish, kredit uchun taqdim etilgan garov ta’minotini baholash hamda filiallar tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar va boshqa masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

Vebinar yakunida anderraytinglar bu sohada yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha o‘zaro malaka almashdilar hamda barcha savollariga javob olishga muvaffaq bo‘ldilar.

Bankning O‘quv markazi va Kreditlash departamenti tomonidan tashkil etilgan mazkur vebinarda jami 132 nafar bank xodimi o‘z malakasini oshirdi.

Albatta, bu kabi vebinarlarning doimiy yo‘lga qo‘yilishi bank xodimlari malakasini oshirish hamda mijozlarga sifatli bank xizmatlari ko‘rsatilishida o‘z samarasini beradi.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1081
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech