Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Trastbank Rossiya, MDH davlatlari va chet mamlakatlaridan SONTAST va Unistream tizimi orqali onlayn ravishda xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirishni boshladi

Yangilangan sana: 10 Aprel 2020, 18:23
Trastbank Rossiya, MDH davlatlari va chet mamlakatlaridan SONTAST va Unistream tizimi orqali onlayn ravishda xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirishni boshladi
10 Apr 2020

Maʼlumki, yangi koronavirus infeksiyasi mamlakatimizning ko‘plab hududlarida tarqalmoqda. Kasallikni nazorat qilish va holatlar soni ko‘payishining oldini olish maqsadida tijorat banklari tomonidan onlayn bank xizmatlari joriy etish choralari ko‘rilmoqda.

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki ham ushbu vaziyatda zaruriy sanitariya-gigiyena choralarini ko‘rib ishlayotganiga qaramay, o‘z mijozlarini ogoh bo‘lishga va uyda qolishlariga chaqiradi hamda o‘z mijozlariga yana-da qulaylik yaratish, masofadan turib bank xizmatlaridan foydalangan holda o‘z muammolarini hal qilishlari mumkinligini maʼlum qiladi.

Joriy yilning 10-aprelidan boshlab Trastbank mijozlari o‘zlarining Uzsard plastik kartalari raqamini Rossiya, MDH davlatlari va chet mamlakatlarda istiqomat qilayotgan yaqinlariga maʼlum qilgan holda SONTAST va Unistream tizimi orqali onlayn xalqaro pul o‘tkazmalarini qabul qilib olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Endi pul o‘tkazmasini olish uchun Trastbank filiallariga borish shart emas. Buning uchun o‘z yaqinlaringizga Trastbankda ochilgan Uzsard plastik kartangiz raqamini maʼlum qilasiz hamda yaqinlaringiz SONTAST va Unistream xalqaro pul o‘tkazmalarining xizmat ko‘rsatish shoxobchalari orqali sizga pul jo‘natishlari mumkin.

Bankning ushbu xizmati pul o‘tkazmasini qabul qilib oluvchilarga xavfsiz va qulay bo‘lib, mijoz uydan chiqmay mablag‘ni qabul qilishi uchun imkoniyat yaratadi.

O‘zingiz va yaqinlaringizga g‘amxo‘rlik qiling! Uyda qoling!

Sizning - Trastbankingiz!

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1563

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech