Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Zamonaviy ayol – maqsadli ayol

Yangilangan sana: 23 Iyun 2021, 12:33
Zamonaviy ayol – maqsadli ayol
14 Iyun 2021

Zamon talabi, davlat rahbarining e’tirofi turtki bo‘lib, qolaversa, Trastbank XAB faol va dilbar ayollari tashabbusi bilan “Trastbank ayollar klubi” tashkil etilganini ma’lum qilgan edik. 11-iyun kuni ana shu klubning navbatdagi seminar-yig‘ini bo‘lib o‘tdi.

Bu galgi uchrashuv mavzusi “Zamonaviy ayol imiji”ga bag‘ishlandi. Uchrashuvda nafaqat bosh ofis xodimalari, balki butun respublika bo‘ylab filiallar ayollari ham “CISCO” texnik dasturiy ilovasi orqali onlayn ishtirok etdi.

женский семинар 1

Trastbank jamoasi ayollari guruhlarga bo‘lingan holda bugunning irodali, nafaqat oilasi, balki jamiyatda ham o‘zining mustahkam pozitsiyasiga ega bo‘lgan ishbilarmon, yetakchi, oqila ayolining tashqi ko‘rinishi, o‘zini tutishi, qanday xususiyatlarga ega bo‘lishi kerakligi borasida munozara qildi va suhbat qurdi.

Mulohaza, fikr va savollarga boy bo‘lgan davrani har sohada faol, minglab o‘quvchi-yu shogirdlar yetishtirgan g‘ayratli ustoz-trener, O‘zbekiston Respublika Xotin-qizlar jamoatchilik Kengashi a’zosi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi eksperti, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, falsafa fanlari doktori, professor Shermuhamedova Jamila Toshpo‘latovna yo‘naltirib turdi.

женский семинар 3

Seminar davomida qatnashchilar yakdillik bilan hozirgi kun bilan hamnafas ayol qat’iyat, o‘ziga ishonch, maqsadlilik, mehnatkashlik, iroda, notiqlik, stressga chidamlilik kabi xususiyatlarga ega bo‘lishi, shu bilan birga ayollik latofatini saqlab qola bilishi lozim, degan xulosaga keldi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1050
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech