"Trastbank" xususiy aksiyadorlik banki mijozlarining topshiriqlarini bajarganlik uchun vositachilik haqi tariflariga o'zgartirishlar kiritilmoqda.
Xususan, yuridik shaxs/yuridik shaxs bo'lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat ko'rsatish uchun "QR-online" to'lov tizimi orqali to'lovlarni amalga oshirish uchun to'lov o'tkazilgan tranzaksiya summasidan 0,65% etib belgilanmoqda.
Bundan tashqari, jismoniy shaxslarning so'm plastik kartalaridan pul mablag'larini "Trastpay" mobil ilovasi orqali o'tkazishda tariflarga o'zgartirishlar kiritilmoqda. Jumladan, mobil ilovada "Trastbank" XAB kartalari o'rtasidagi amaliyotlar 0%, "Trastbank" XAB kartasidan boshqa bank kartalariga o'tkazmalar 0,3%, boshqa bank kartalaridagi o'tkazmalar esa 0,5% etib belgilanmoqda. Bunda o'tkazilgan pul mablag'laridan komission to'lovlar o'tkazuvchidan olinadi.
Mazkur o'zgartirishlar 2026-yil 27-iyuldan kuchga kiradi.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
0


