“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida Komplaens nazorat departamenti tomonidan “Business Advisory Group” MChJ konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘quv seminari o‘tkazildi.
Unda moliya muassasasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida ishlab chiqilgan siyosat talablari yuzasidan ma’lumot berildi.
Jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi jarayonlari va ularning monitoringini yuritish hamda baholash usullari, kompleks auditlar va xizmat tekshiruvlari o‘tkazish tartibi kabi mavzular yuzasidan ma'ruza qilindi.
Shuningdek, seminar davomida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javob qaytarildi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, “Trastbank” XABda ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga muvofiq, korrupsiyaga qarshi kurashish sifat menejmenti tizimini baholash audit tekshiruvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.