Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Korporativ mijozlar uchun yangi platformalar ishga tushirildi

Yangilangan sana: ...
Korporativ mijozlar uchun yangi platformalar ishga tushirildi
2 Dek 2025

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki korporativ mijozlar uchun mo‘ljallangan yangilangan raqamli platformalar – Internet-bankning yangi versiyasi va “Trustbank Business” mobil ilovasini ishga tushirilganligini ma’lum qiladi.

 Asosiy afzalliklar va yangilangan funksiyalar

Hisoblarni to‘liq masofadan turib ochish

Bank bo‘limiga kelmasdan, onlayn tarzda hisobraqam ochish imkoniyati.

Bank kartalarini olish bo‘yicha onlayn ariza topshirish

Plastik karta uchun arizani tizim orqali yuborish va uning holatini kuzatish mumkin.

POS-terminalni olish bo‘yicha masofaviy ariza

Mijoz onlayn tarzda POS-terminal olish uchun ariza yuborishi mumkin. Bank xodimi terminalni oldindan tayyorlab qo‘yadi, bu esa o‘rnatish jarayonini tezlashtiradi va kutish vaqtini kamaytiradi.

Hisob-fakturalarni elektron tarzda yuborish

Qog‘ozsiz, zamonaviy elektron hujjat aylanishi.

Mazkur imkoniyatlar amaldagi mijozlar bilan bir qatorda yangi tashkil etilgan korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ham ochiq.

 “Trustbank Business” mobil ilovasi foydalanish uchun tayyor

Tizim mobil ilova bilan to‘liq integratsiya qilingan bo‘lib, operatsiyalarni yanada tez bajarish imkonini beradi.

Yuklab olish uchun havolalar:

Android:
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.micros24.trastbank.app

iOS:
https://apps.apple.com/app/id6752846707

 Yangi Internet-bankdan foydalanish

Tizimga kirish havolasi:
https://business.trustbank.uz/

Platforma zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, yuqori tezlik, barqarorlik va kengaytirilgan funksional imkoniyatlarni taqdim etadi.

 Tizimdan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar

Tez o‘zlashtirish uchun batafsil qo‘llanmalar tayyorlangan:

Rus tilida:

https://docs.google.com/document/d/e/2PACX-1vRV72rJXwG-xZkKjxsB2CjMeiU2-jMAinCbH_ZbxJpDh3FoFUm9LNurat9CNlj0lQUHEj7JHy0A2oIB/pub

O‘zbek tilida:

https://docs.google.com/document/d/e/2PACX-1vRGPz4A4kUSXdeHbTbeKVCaQ57XDBXr0trUVyFYB7h7RQB4pt8QPL7XX4EgeD3L-unaT44oVmuLVrno/pub

Ushbu ko‘rsatmalarni ilovani sinovdan o‘tkazayotgan kompaniyalarga taqdim etishingizni so‘raymiz.

Qo‘llab-quvvatlash va maslahatlar

Yangi tizimni sinovdan o‘tkazish jarayonida texnik ko‘mak ko‘rsatish maqsadida Telegram kanali tashkil etilgan:

Telegram:
https://t.me/+RLIGsV-LTrNhMTMy

“Trastbank” — muvaffaqiyatli biznesingiz uchun zamonaviy bank!

Biz raqamli xizmatlarimizni takomillashtirishda davom etamiz va yangi platformani sinovdan o‘tkazishda faol ishtirokingiz uchun minnatdorlik bildiramiz.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 24
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech