Ijtimoiy tarmoqlarda “Trastbank” nomidan foydalanib, foizsiz kreditlar ajratilayotganligi haqidagi e’lonlar paydo bo‘lmoqda. Bu norasmiy va soxta bo‘lib, firibgarlar tomonidan tarqatilayotganligini ma’lum qilamiz. Ularning maqsadi – kartangizdagi pul mablag‘larini qo‘lga kiritish.
Shu bois, shubhali havolalarni ochmang. Ma’lumotlarni bankimizning www.trastbank.uz veb-sayti yoki ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalaridan oling. Ogoh bo‘ling, o‘zingiz va pulingizni asrang!



