“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki aholiga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini kengaytirib bormoqda. “Bektemir” BXO tasarrufida “Chirchiq” bank xizmatlari markazi tashkil etilganligi bunga yana bir misoldir.
Toshkent viloyati Chirchiq shahri “Yoshlik” MFY “Po‘lat Yusupov” ko‘chasi 21-uyda joylashgan ushbu BXMda mijozlarga bank kartalari, kredit mahsulotlari rasmiylashtirib beriladi. Shuningdek, chakana amaliyotlar kassasidan ham foydalanishlari mumkin.




