Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Butunjahon jamg‘arish kuni” (World savings day) haftaligi doirasida TDIU talabalari uchun ochiq dars o‘tkazildi

Yangilangan sana: ...
“Butunjahon jamg‘arish kuni” (World savings day) haftaligi doirasida TDIU talabalari uchun ochiq dars o‘tkazildi
28 Okt 2025

 Joriy yilning 21–31-oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan mamlakatimizda “Butunjahon jamg‘arish kuni” (World savings day) haftaligi o‘tkazilmoqda. Mazkur haftalik doirasida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan ham bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bosh ofis va “Raqamli” bank xizmatlari ofisida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari uchun tashkil etilgan ochiq dars shular jumlasidandir.photo_2025-10-28_16-04-08.jpg

photo_2025-10-28_16-04-14.jpg

photo_2025-10-28_16-04-16.jpg

photo_2025-10-28_16-04-23.jpg “Jamg‘arish – moliyaviy erkinlik kaliti” mavzusida bo‘lib o‘tgan ushbu ochiq darsda “Trastbank” XAB mutaxassislari tomonidan taqdimotlar qilindi. Xususan, jamg‘arma turlari va shakllari, onlayn omonatlar rasmiylashtirish yuzasidan so‘z yuritildi. Bundan tashqari, bank kartalari va moliyaviy xavfsizlik hamda bugungi kunning dolzarb masalalaridan sanalayotgan kiberxavfsizlikka urg‘u berildi.photo_2025-10-28_16-04-02.jpg

photo_2025-10-28_16-04-05.jpg

photo_2025-10-28_16-04-13.jpg Interaktiv o‘yinlarga boy tarzda o‘tgan ochiq darsda talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi. Shuningdek, faol ishtirok etganlar bankning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.photo_2025-10-28_16-04-10.jpg

photo_2025-10-28_16-04-18.jpg

photo_2025-10-28_16-04-21.jpg#worldsavingsday #finlituzb #trustbankuz #trastbankuz

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 17
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech