O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev yoshlar bilan muloqotida har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘lishini ma’lum qilgan edi.
Shu munosabat bilan bugun, 26-fevral kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda Bankda yaratilgan sharoitlar, ularni qo‘llab-quvllatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar xususida so‘z yuritildi. Qolaversa, yoshlarning takliflari tinglandi hamda savollariga atroflicha javob qaytarildi. Shuningdek, ularning bir qator tashabbuslari ilgari surildi.
Ma’lumot uchun “Trastbank” XABda jami 480 nafar yosh faoliyat yuritadi. Shundan 37 nafari mas’uliyatli rahbar lavozimlarida samarali ishlab kelmoqda.



