Joriy yilning noyabr oyi mobaynida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” o‘tkazilmoqda. Uning doirasida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan ham bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, kuni kecha poytaxtimizning “Bo‘ston” mahallasida o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda uyushtirilgan axborot hujumlaridan himoyalanish borasida zarur tavsiyalar berildi.
Qolaversa, shaxsiy va bank kartalari ma’lumotlari maxfiyligini ta’minlash, ijtimoiy tarmoqlar orqali yuborilayotgan turli “apk” fayllarini yuklab olmaslik, SMS-kodlarni o‘zgalarga aytmaslik muhimligi ta’kidlandi.
Interaktiv savol-javob shaklida bo‘lib o‘tgan tadbirda faol qatnashganlarga bankning esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytarildi.
#trastbankuz #trustbankuz #kiberxavfsizlik #kibermadaniyatoyligi





