“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan poytaxtimizning “Beltepa” mahallasida tashkil etilgan kutubxonada mahalla ahli, o‘quvchi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda moliya muassasasi Bosh ofisi mutasaddilari bugungi kunda tobora dolzarb bo‘lib borayotgan kiberxavfsizlik bo‘yicha taqdimot qilib, tushuntirishlar berishdi. Xususan, moliyaviy xavfsizlik hushyorlikdan boshlanishini ta’kidlab, ogohlikka chorlashdi. Bank hech qachon telefon orqali shaxsiy yoki to‘lov ma’lumotlarini so‘ramasligi, shubhali havolalarni ochmaslik va ishonchsiz manbalardan kelgan fayllarni yuklamaslik zarurligi qayd etildi.
Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan turli soxta sahifalar orqali bank nomidan foizsiz kreditlar berilishi haqidagi yolgʻon xabarlarga aldanib qolmaslik, firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun muhim tavsiyalar berildi.
Shuningdek, tadbirda o‘quvchi-yoshlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
22