2026-yil 18-fevral kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki aksiyadorlarining navbatdagi tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Tashkiliy savollar:
- Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
- Sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.
“Trastbank” XAB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibi:
- E’lon qilingan aksiyalarning cheklangan miqdorini, shuningdek, oddiy va imtiyozli aksiyalar sonini aniqlash.
- Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar miqdorini oshirish to‘g‘risida.
- Bank ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.
- O‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasini taqsimlash to‘g‘risida.
- “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining ichki nazorati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash.
- Bank Kuzatuv kengashi, Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi va “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki aksiyadorlari bilan ichki nazorat organlarining o‘zaro aloqalari to‘g‘risidagi tartibni tasdiqlash to‘g‘risida.
- Bank Kuzatuv kengashining a’zolarini saylash.
“Trastbank” XAB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2026-yil 18-fevral kuni Toshkent shahri “Navoiy” ko‘chasi 7-uy manzili bo‘yicha “Trastbank” XAB binosining 5-qavatida o‘tkaziladi.
Ro‘yxatga olish soat 14:00 da boshlanadi, majlis boshlanish vaqti esa soat 15:00 da.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar yuborish uchun aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana – 2026-yil 28-yanvar.
“Trastbank” XAB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida 2026-yil 12-fevral holatiga shakllantirilgan “Trastbank” XAB aksiyadorlarining reestrida qayd etilgan aksiyadorlar ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.
Bank aksiyadorlari navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar bilan quyidagi manzilda tanishishlari mumkin: Toshkent shahri “Navoiy” ko‘chasi 7-uy.
Bank aksiyadorlari o‘zi bilan pasport yoki ID karta (shaxs guvohnomasi), aksiyadorlar vakillari esa pasport va Bank aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqini beruvchi, amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlari talab etiladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefonlar orqali olishingiz mumkin:
(78)140-00-88, (71) 207-62-12.
Sayt: www.trusbank.uz
E-mail: info@trustbank.uz
Bank Kuzatuv Kengashi.



