Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yangilangan sana: ...
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
18 Fev 2026

2026-yil 18-fevral kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uni Bank Kuzatuv Kengashi a’zosi M.Karimova olib bordi.photo_2026-02-18_17-09-08.jpg Yig‘ilishda kun tartibiga kiritilgan bir qator masalalar ko‘rib chiqildi. Xususan, e’lon qilingan aksiyalarning cheklangan miqdori, shuningdek, oddiy va imtiyozli aksiyalar sonini aniqlash, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar miqdorini oshirish, Bank ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasini taqsimlash to‘g‘risidagi masalalar diqqat markazida bo‘ldi.photo_2026-02-18_17-09-11.jpg Bundan tashqari, “Trastbank” XABning ichki nazorati to‘g‘risidagi nizom, Bank Kuzatuv kengashi, Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi va “Trastbank” XAB aksiyadorlari bilan ichki nazorat organlarining o‘zaro aloqalari hamda kun tartibiga kiritilgan boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.photo_2026-02-18_17-09-09.jpg Yig‘ilishda moliya muassasasi boshqaruvi oldiga mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va operativligini yanada oshirish, onlayn banking xizmatlarini keng joriy etish, O‘zbekiston Respublikasi  Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan iqtisodiy normativlarga qat’iy amal qilish borasida tizimli ishlarni jadal olib borish kabi vazifalar qo‘yildi.
 Shuningdek, kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 3

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech