Osoyishta va farovon kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlar ruhini yod etish, urush va mehnat faxriylariga ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos ezgu qadriyatdir. 9-may – Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanishi ham bunga yaqqol misoldir. Aynan shu kuni keksalar holidan xabar olinib, el-yurt tinchligi va ravnaqi uchun duoga qo‘l ochiladi.
Biz ana shunday qahramonlarimiz bilan faxrlanamiz. Ular hamisha ehtirom va e’tirofdadirlar.
Bayram muborak, aziz yurtdoshlar!
Hurmat bilan,
“Trastbank” XAB jamoasi.




