Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“TRASTBANK”DAN HAMMABOP AVTOKREDIT: TO‘LOVI HAMYONBOP, IMTIYOZI HAM BOR!  

Yangilangan sana: 24 Fevral 2022, 16:01
“TRASTBANK”DAN HAMMABOP AVTOKREDIT: TO‘LOVI HAMYONBOP, IMTIYOZI HAM BOR!   
24 Fev 2022

  Mashina olmoqchimisiz? Biroq buning uchun mablag‘ingiz yetarli emasmi? Unda “Trastbank”dan avtokredit olib, orzularingizni ro‘yobga chiqaring.
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki qulay va jozibador shartlar asosida jismoniy shaxslar uchun birlamchi bozordan kredit hisobiga avtotransport vositalarini xarid qilish imkoniyatini yaratgan.
 Xo‘sh, “Trastbank”dan avtokredit olish uchun qayerga murojaat qilish kerak, qanday hujjatlar talab etiladi, qancha muddat ichida mashinani olish mumkin? Shu kabi savollarimizga “Trastbank”ning Chakana bank xizmatlarini sotish boshqarmasi boshlig‘i Umidjon Malikov javob beradi.

   QAYSI AVTOMASHINALARNI OLISH MUMKIN?

– Avtokredit orqali birlamchi avtomobil bozori, yaʼni ishlab chiqaruvchining rasmiy dileri – avtosalonlardan GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqarilgan, shuningdek KIA (K5, Seltos, Stinger, K8, Sorento, Soul, Carnival), Hyundai (Elantra, Sonata, Tucson, Santa Fe), Isuzu (D-Max), Lada (Vesta, X-Ray, Largus, Niva Legend, Niva), Renault (Kaptur, Duster, Arkana), Skoda (Kodiaq), Volkswagen (Caddy) yengil avtomobillarini sotib olish mumkin.

MUDDATI QANCHA?

–       Avtokredit 48 oygacha muddatga beriladi.

NECHA FOIZDAN TAQDIM ETILADI?

–       Bankimizda avtokredit agar mijozning o‘z mablag‘i bilan ishtirok etadigan ulushi miqdori 30 foiz bo‘lsa, avtokreditning yillik foiz stavkasi 24 foizni tashkil qiladi.
 Qolaversa, mijozning o‘z mablag‘i bilan ishtirok etadigan ulushi miqdori 50 bo‘lsa, avtokreditning yillik foiz stavkasi 22 foizni tashkil etadi. Demak, boshlang‘ich to‘lov summasi ko‘proq bo‘lsa, yillik foiz stavka ham kamayadi.

    QANDAY HUJJATLAR TALAB QILINADI?

– Bankimizdan avtokredit olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish kifoya:
 * pasport;
 * avtomobil sotib olish bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasi;

    KIMLAR IMTIYOZLI OLISHI MUMKIN?

 – Bankimizda Maktabgacha taʼlim, Xalq taʼlimi, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim, Sog‘liqni saqlash vazirliklari tizimida 1 yildan ortiq mehnat stajiga ega bo‘lgan xodimlari uchun imtiyozli ravishda avtokredit taqdim etiladi. Xususan, o‘qituvchi va shifokorlarga 22 foizdan taqdim etiladi.

  AVTOKREDITNI NECHA KUNDA OLISH MUMKIN?

Talab qilinadigan hujjatlar to‘liq taqdim etilgach hamda kredit oluvchi mijoz bank talablariga to‘la javob bergan holda, bank tomonidan uch ish kunida avtokredit shartnoma olingan avtosalonga o‘tkazib beriladi.

 

 ESLATIB O‘TAMIZ: MAZKUR AVTOKREDIT TAKLIFI HAQIDA YANADA BATAFSIL MAʼLUMOTLARNI TRUSTBANK.UZ SAYTI VA (78) 140-00-88 RAQAMIGA QO‘NG‘IROQ QILIB OLISH MUMKIN. 

 

“Darakchi” gazetasi,

2022-yil 24-fevral.

8-soni.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1192
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech